MXK, Suriyadagi hech qanday o’zboshimchalikni ko’rmaslikka ololmasliklarini qayd etdi

Milliy xavfsizlik kengashi Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an yetakchiligda poytaxt Anqarada yig’ilish o’tkazdi.

1096677
MXK, Suriyadagi hech qanday o’zboshimchalikni ko’rmaslikka ololmasliklarini qayd etdi

Milliy xavfsizlik kengashi Suriyadagi hech qanday o’zboshimchalikni ko’rmaslikka ololmasliklarini qayd etdi.

MXK Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an yetakchiligda yig’ilish o’tkazdi.

Yig’ilish ortidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda dunyoning ba’zi davlatlari tomonidan FETO/ PDY (Fetullahchi terror tashkiloti  / Parallel Davlat tuzilmasi) va PKK/ KJK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD/ YPG terror tashkilotining “terror tashkiloti” deb tan olinmasligining terrorizmga qarshi kurash jarayoniga katta ziyon yetkazayotganligi eslatib o’tildi.

Bayonotda shuningdek Suriya va Iroqdagi terror tashkiloti yuzasidan Turkiyaning janubiy chegarasida paydo bo’lgan xavfga qarshi fuqarolarning jonini va mol-mulkini himoya qilish maqsadida, kurashning uzluksiz va qarorlilik bilan davom etganligi ta’kidlandi.

Suriyadagi muammoni siyosiy yo’llar orqali hal qilishlik uchun eng katta xavfning Firot daryosining sharqidagi terror tashkiloti ekanligi eslatilgan bayonotda,

“(yig’ilishda) Suriyadagi muammoni butunlay hal qilish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti nazoratida tezlik bilan Konstitutsiya qo’mitasi tashkil etilib, muammoni hal qilishlik uchun belgilab olingan yo’l xaritasining yo’lga qo’yilishining ahamiyati muhokama qilindi. Buning uchun tomonlar uyg’un va jadal tusda faoliyat olib borish masalasida ogohlantirildi. Suriyadagi hech qanday o’zboshimchaliklarning ko’rmaslikka olinmasligi va bu borada o'zini-o’zi himoya qilish huquqidan foydalanish masalasi ta’kidlandi” deyildi.  

Turkiyaning Milliy xavfsizligi uchun xavf tug’dirgan PKK/ KJK terror tashkilotining Iroqdagi o’rniga qarshi Turk Qurolli kuchlari tomonidan ijro etilgan amaliyotlarning davom etishi ta’kidlangan MXK bayonotida, PKK/ KJK va DEASh doxil barcha terror tashkilotlariga qarshi Turkiyaning Iroq xalqi va hukumatining yonida ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.

Bayonotda, yig’ilishda Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasining huquq va manfaatlariga javob bermaydigan hech qanday vaziyatga ruxsat berilmasligi masalasining ta’kidlanganligi qayd etildi.



Aloqador xabarlar