Turkiya Saudiya Arabistonining Jamol Qoshiqchi jinoyati bo’yicha bergan ifodasidan qoniqmadi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Saudiya Arabistoni bosh prokuraturasining Jamol Qoshiqchi jinoyati bo’yicha olib borilgan tergov jarayoniga doir bayonotiga munosabatini bildirdi.

1088663
Turkiya Saudiya Arabistonining Jamol Qoshiqchi jinoyati bo’yicha bergan ifodasidan qoniqmadi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Saudiya Arabistoni bosh prokuraturasining Jamol Qoshiqchi jinoyati bo’yicha olib borilgan tergov jarayoniga doir bayonotiga munosabatini bildirdi.

“Turkiya Saudiya Arabistonining Jamol Qoshiqchi jinoyati bo’yicha bergan ifodasidan qoniqmadi”,-deydi Mavlud Chavushog’li.

Mavlud Chavushog’li: “Bosh prokuror bayonot bermasdan oldin Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Adil Al-Jubayr menga qo’ng’iroq qilib, yarim soat keyin Saudiya bosh prokurori mana shunday bayonot bildirishi haqida oldindan xabardor qildi”,-dedi.

Saudiya Arabistonining bayonotini qoniqarsiz deb baholagan Chavushog’li: “Qoshiqchining jasadi qayerda? Bunga buyruq berganlar fosh etilsin! Bu jinoyatning usti bosdi-bosdi qilinmasin! Bu ishni o’z holiga tashlab qo’ymaymiz!”,-dedi.

“Bu jinoyatga aloqadorlikda gumon qilingan 11 kishi hozirda qo’lga olinganligini yaxshi bilamiz. Undan oldin 18 kishi qo’lga olingan edi. Bu 11 kishidan 5 nafari o’lim jazosiga mahkum etilishi talab qilinmoqda. Qolganlari nima uchun ozod etildi? Qoshiqchining o’z vataniga olib ketilishiga qarshi chiqqanligi uchun o’ldirilganligi aytilmoqda, aslida bu jinoyat oldindan rejalangan. Jasadning bo’laklarga bo’linishi birdaniga bo’ladigan ish emas. O’ldirilib, bo’laklarga bo’linishi uchun kerak bo’lgan barcha uskunalar konsullikka oldindan keltirib qo’yilgan”,-deydi u.

Eslatma: Jamol Qoshiqchi 2 oktyabrda Saudiya Arabistonining ıstanbuldagi konsulligiga kelgandan keyin izsiz yo’qolgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar