Prezident Erdo'g'an Turkiya chegarasida terrorga ruxsat bermasliklarini qayd etdi

Istanbulda uyushtirilgan Suriya haqidagi sammit o’rtidan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron va Germaniya kantsleri Angela Merkel mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

1077099
Prezident Erdo'g'an Turkiya chegarasida terrorga ruxsat bermasliklarini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiya chegarasida terrorga ruxsat bermasliklarini qayd etdi.

Istanbulda uyushtirilgan Suriya haqidagi sammit o’rtidan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron va Germaniya kantsleri Angela Merkel mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Yig’ilishda so’zlagan nutqida Prezident Erdo'g’an,

“Maqsadimiz hududda butunlay o’q uzishning, oqqan qonning tezlik bilan to’xtatilishidir” dedi.

Erdo’g’an, Suriya janjalining global muammoga aylanishining eng muhim sababining xalqaro hamjamiyatning masalaga e’tiborsiz qolishi ekanligini ifoda etdi.  

Prezident Erdo'g’an,

“Suriya xalqining qonuniy talablariga siyosiy yo’l orqali javob berilishi va mamlakatda barqarorlikning ta’minlanishi borasida nimalar qilinishi mumkinligi masalasini qo’lga oldik. Anchadan beri Suriya muammosidan kelib chiqqan muammolarning azobini, suriyalik tinch aholi bilan qo’shni davlatlar tortishga majbur qolayotgan edi. Bugun Fransiya va Germaniyaning ham ishtiroki bilan Ostonada biz yaratgan sinergiyani yana-da oldinga yetaklay olishimizga ko’zimiz yetdi” dedi.

Dunyonnig bir necha davlatining Suriyadagi vaziyatning xavfini, ta’siri o’z davlati chegarasiga yetib borganidan keyingina payqaganligini ta’kidlagan Erdo’g’an, bu e’tiborsizlikning bas qilinishi kerakligini qayd etdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an,

“Hoh to’rt davlat o’rtasida bo’lsin hoh xalqaro hamjamiyat o’rtasida, hamkotlikning orttirilishi malalasida kelishib oldik. (Suriyada) Konstitutsiya qo’mitasining tashkil topish jarayonining eng qisqa vaqt ichida shart-sharoitini ko’rib chiqib, tamomlashga chaqirdik” dedi.

Yig’ilishda Suriya tomonidan tug’ilgan terror xavfini muhokama qilib, hamkorlikning orttilishi masalasida kelishib olganliklarini qayd etgan Prezident Erdo'g’an, Turkiyaning terror tashkilotlaridan eng ko’p ziyon ko’rgan davlatlardan biri ekanligini ma’lum qildi.

Prezident Erdo'g’an,

“Suriyada Firot qalqoni va Zaytun novdasi amaliyotini o’tkazdik. Roppa-rosa 4 ming kvadrat kilometrlik maydonni xavfsiz mintaqaga aylantirdik. Chegarada terror tashkilotlarining yoyilishiga ruxsat bermaymiz” deya gapirdi.

Sammitda Suriya xalqiga gumanitar yordam masalasida kelishib olganliklarini belgilab o’tgan Erdo’g’an, Turkiyaning 3.5 million Suriya aholisiga mezbonlik qilganligini qayd etdi.

Erdo'g’an,

“Sammit ishtirokchilari sifatida say-harakatlarimizni orttirishimizga ishonchim komil. Turkiya sifatida muammoni hal qilishlik uchun qarorliligimizni davom ettiramiz. Bu uchrashuvlardan Eronni boxabar qilamiz. Qarorlilik, Suriya xalqi bilan birdamlikni talab qiladi” degan ifodalarga o’rin berdi. Mushtarak matbuot anjumanida nutq so’zlagan ikkinchi lider Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Suriyadagi muammoning faqatgina diplomatik yo’l orqaligina hal qilinishi mumkinligini qayd etdi.  

Putin, Suriya masalasida xalqaro hamjamiyatning birgalikda faoliyat olib borishi kerakligini belgilab o’tdi.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron esa, 

“Suriya xalqi o’z kelajagi uchun o’zi qaror bera olishi kerak” dedi.

Macron, ham mintaqada ham dunyoning boshqa nuqtalarida kim bo’lishidan qat’iy nazar kimyoviy qurollardan foydalanishning qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ri ekanligini ifoda etdi.

Germaniya kantsleri Angela Merkel ham yig’ilishda muhojirlarning o’z yurtlariga qaytishlari masalasini qo’lga olganliklarini ta’kidlagan holda,

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan bu masalada mustahkam hamkorlik qilinishi kerak. O’z yurtiga qaytganlarning nazorat ostiga olinmasligi darkor. Siyosiy jarayon muhimdir. Idlib muammosining tinch-totuv yo’llar orqali hal qilinishi shart” deya gapirdi.

Undan tashqari matbuot anjumanida jurnalistlarning, “saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining o’ldirilishi masalasida liderlarga ma’lumot berilip, berilmaganligi” haqidagi savoliga qarshi Prezident Erdo'g’an,

“Marhum Jamol Kashikchi masalasini ikki tomonli uchrashuvlarda qo’lga oldik va kerakli ma’lumotlar yetkazildi. Bu borada oldin razvedka tashkilotlarimiz ham turli ma’lumotlar bergan. Bugungi uchrashuvlarimizda batafsil ma’lumotlar berildi. Eng muhimi ichkarida 18 kishi nazorat ostiga olingan. Ular yurtimizga kelgan ma’lum kishilardir. Ularni Turkiyaga kimlar yubordi? Bunga albatta saudiyalik yetakchilar javob berishi kerak. Keyinchalik Saudiya Arabistoni rasmiylari mavzu haqida bir bayonot berdilar. Unda jasadning Turkiyadagi mahalliy hamkorlarga topshirilganligi yoki ular bilan boshqa masalada hamkorlik qilish maqsadida bunday ishga borilganligi qayd etildi. Shunday ekan bu mahalliy hamkorlar kim? Bu savollarga ham bu bayonotni bergan kishi yoki kishilar javob berishi kerak. Har qanday jazoga tortilishi haqida gapiryaptilar. Jinoyatga qo’l urilgan yer Istanbuldir. Shunday ekan jinoyatchilar Saudiya Arabistoni tomonidan sudga tortilmagudek bo’lsa unda buning Turk sudi tomonidan amalga oshirilishiga tayyor ekanligi masalasi tunov kuni Adliya vazirligimiz orqali, yozma ravishda, rasmiy kanallardan yetkazildi. Albatta bunga javob kutamiz. Saudiya Arabiston Bosh prokurorini Turkiyaga yubormoqda va Istanbul Bosh prokurorimiz saudiyalik bosh prokuror hamrohligidagi hay’ati bilan uchrashuvlar o’tkazadi. Natijasi biz uchun muhimdir” deb javob berdi.

Erdo’g’an, mazkur jarayonda politsiya, razvedka va sud tashkilotining katta faoliyat ichida ekanligini eslatib o’tgan holda,

“Kerakli faoliyatlar hali hanuz tugagani yo’q” dedi.



Aloqador xabarlar