Pokiston prezidenti Arif Alvi 28 oktyabrda Turkiyaga tashrif buyuradi

Prezident Arif Alvi 29 oktyabr kuni Istanbulda yangi xalqaro aeroport ochilishi munosabati bilan tashkil qilingan marosimda ishtirok etadi.

1076116
Pokiston prezidenti Arif Alvi 28 oktyabrda Turkiyaga tashrif buyuradi

Pokiston prezidenti Arif Alvi 28 oktyabr yakshanba kuni Turkiyaga tashrif buyuradi.

Prezident Arif Alvi 29 oktyabr kuni Istanbulda yangi xalqaro aeroport ochilishi munosabati bilan tashkil qilingan marosimda ishtirok etadi.

Bu haqda Pokiston davlat televideniyesi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Pokiston prezidenti Arif Alvining Turkiya ziyorati uch kun davom etadi.

Arif Alvining Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan uchrashishi rejalangan.

Mazkur ziyorat 9 sentyabrda Pokistonning 13-prezidenti etib saylangan Arif Alvining dastlabki chet el ziyorati bo’lib hisoblanadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Turkiya , #Arif Alvi , #Istanbul , #tashrif

Aloqador xabarlar