Turkiyalik tergovchilar Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasida tintuv o’tkazishdi

Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsuli Muhammad al-Uteybining o'zi 16 oktyabr kuni Saudiya Arabistoniga uchib ketgan.

1071046
Turkiyalik tergovchilar Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasida tintuv o’tkazishdi

Kecha turkiyalik tergovchilar Vashington Post gazetasi uchun maqolalar yozgan saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Kashikchi yo’qolib qolgan Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulxonasida tintuv o’tkazishdi.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni bosh konsuli Muhammad al-Uteybi yashaydigan bino ham tintuv qilindi.

Ta’kidlanishicha, konsul Muhammad al-Uteybining qarorgohi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligidan 2 km uzoqlikda joylashgan. 

Saudiyalik ekspertlar ishtirokida tuzilgan guruh tarkibidagi turkiyalik tergovchi-kriminalistlar qarorgohga kirishi bilan tekshiruvlar boshlandi.

Tergov hay’atida Istanbul Jumhuriyat bosh prokuraturasidan safarbar etilgan bosh prokuror va respublika prokurori, Istanbul xavfsizlik boshqarmasi terrorizmga qarshi kurash, osoyishtalikni saqlash va jinoyatchilikni tekshirish boshqarmasidan bir guruh mutahassislar o’rin olgan.

Qolaversa, tergov jarayonida qarorgoh binosi tepadan dronlar vositasida kuzatib borilgan va tepadan tasvirga olingan.

Ko’p o’tmay, saudiyalik kriminalistlar ham konsullik qarorgohiga yetib kelgan.

Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsuli Muhammad al-Uteybining o'zi 16 oktyabr kuni Saudiya Arabistoniga uchib ketgan.

Eslatma: Amerikadagi Vashington Post gazetasi uchun maqolalar yozgan jurnalist Jamol Kashikchi shu yilning 2 oktyabr kuni Turkiyada, Saudiyaning Istanbuldagi bosh konsulxonasiga kirganidan keyin g'oyib bo'lgan edi. Uning taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar