Moldovada Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga davlat ordeni taqdim etildi

“Moldova prezidentining buyrug’iga binoan, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga katta hissa qo’shganligi munosabati bilan davlat ordeni topshirildi”,-deyiladi bayonotda.

1070903
Moldovada Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga davlat ordeni taqdim etildi

Davlat tashrifi bilan Moldovada bo’lib turgan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga davlat ordeni taqdim etildi.

Moldova prezidenti Igor Dodon Turkiya bilan Moldova o’rtasidagi do’stona munosabatlar hamda turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga qo’shgan hissasi va ayni paytda Moldovani qo’llab quvvatlaganligi munosabati bilan prezident Erdo’g’anni davlat ordeni bilan taqdirladi.

Moldova prezidentlik apparati matbuot xizmati bu haqda ma’lum qildi.

“Moldova prezidentining buyrug’iga binoan, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga katta hissa qo’shganligi munosabati bilan davlat ordeni topshirildi”,-deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, davlat ordeni mamlakatlar o’rtasidagi do’stona munosabatlarni rivojlantirishga va xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirishga hissa qo’shgan davlat rahbarlariga, vazirlarga va elchilarga beriladi.

Oltin bilan qoplangan orden vazirlar kengashi qarori va prezidentning buyurg’iga binoan taqdim etiladi.

Shuningdek, ikki yetakchi huzurida Turkiya va Moldova o’rtasida 5 ta sohada hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Shartnomalardan biri, ikki davlat fuqarolarining passport o’rniga ID karta bilan o’zaro sayohat qilish imkoniyatini beradi.

Rasmiy uchrashuvlardan so’ng, Erdo’g’an va Dodon TIKA tashkiloti tomonidan qayta ta’mirlangan yodgorlikning ochilish marosimida ishtirok etdi.

Prezidentlik saroyi oldida qad rostlagan yodgorlik poyiga “Moldova Respublikasi Prezidentlik saroyi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning himoyasida Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning qo’llab quvvatlovi bilan ta’mirlandi”,-deb yozilgan.

So’ngra, ikki prezident prezidentlik saroyi bog’iga ramziy ma’noda chinor va dub ko’chatini ekib, unga suv quydilar.

 



Aloqador xabarlar