Ruminiya Turkiyaning YIga a’zo bo’lish borasidagi faoliytlarini qo’llashni davom ettiradi

Rajap Tayyip Erdo’g’an Ruminiya Bosh vaziri Viorica Dancila bilan Prezidentlik qarorgohida o’tkazilgan hay’atlararo uchrashuvi ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

1069636
Ruminiya Turkiyaning YIga a’zo bo’lish borasidagi faoliytlarini qo’llashni davom ettiradi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Ruminiyaning Fetullahchi terror tashkiloti Parallel Davlat tuzilmasi tomonidan 2016-yilning 15-iyuli kuni qo’l urilgan va Turkiya hukumatini to’ntarishni ko’zlagan tashabbusi ortidan Turkiyani qo’llab-quvvatlagan munosabatini hech qachon unutmasliklarini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an bu haqida,

“Ruminiyadagi FETO bilan aloqasi bor kishilar va tashkilotlarga qarshi kerakli faoliyatlarning olib borilishi uchun mamlakat hukumati bilan uchrashuvlarimizni davom ettirmoqdamiz” dedi.

Rajap Tayyip Erdo’g’an Ruminiya Bosh vaziri Viorica Dancila bilan Prezidentlik qarorgohida o’tkazilgan hay’atlararo uchrashuvi ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Prezident Erdo'g’an anjumanning boshida 2018-yilning ikkala mamlakat o’rtasidagi diplomatik aloqalarning o’rnatilishining 140-yilligi ekanligini qayd etdi.

Ikkala mamlakat munosabatining 2011-yildan beri strategik sheriklik saviyasida davom etganligini eslatgan Erdo’g’an, mamlakatlar o’rtasidagi do’stlikning yuz yillardan beri xalqlar o’rtasida davom etgan munosabatlar bilan madaniy aloqalarning natijasi ekanligiga e’tibor qaratdi.

Bosh vazir Dancila bilan iqtisodiy masalalar bosh bo’lish bilan birga xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash kabi bir necha mavzuda o’zaro uchrashuv o’tkazganligini belgilab o’tgan Prezident Erdo'g’an, kelasi yili hamkorlikni yana-da mustahkamlash uchun nimalar qilinishi kerakligining ham muhokama qilinganligini ta’kidladi.

Ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning muhim jihatining iqtisodiy va savdo munosabati tashkil etganligini ta’kidlagan Erdo’g’an,

“2017-yili qariyb 6 milliard AQSh dollarini tashkil etgan savdo hajmimiz bu yilgi ma’lumotlarga ko’ra yana-da ortgandek. Bo’lib o’tgan o’zaro uchrashuvda bu raqamni 10 milliard AQSh dollariga chiqarish borasida kelishib ham oldik. Umid qilamanki tomonlar va barcha vazirliklar birgalashib, olib boradigan faoliyatlarimiz orqali buni amalga oshiramiz. Bizning hisob-kitobimizga ko’ra savdo raqamlarida 2018-yilning birinchi 8 oyida o’tgan yilning shu oyiga nisbatan 23 foizlik ortish mavjud. Shunday ekan 10 milliard dollarlik savdo hajmini amalga oshirishga harakat qilamiz” dedi.

Prezident Erdo'g’an ruminiyalik ishbilarmonlarni yana bir bor Turkiya iqtisodiyotiga investitsiya kiritshga chaqirdi.

NATO bo’yicha ittifoqdosh bo’lgan Ruminiyaning Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashini qo’llab-quvvatlaganidan minnatdor ekanligini qayd etgan Erdo’g’an, 

“Ruminiyaning kelasi yili boshlaydigan Yevropa ittifoqining davriy rahbarligi, munosabatlarimiz jihatidan muhim imkon hisoblanadi” dedi.

Prezident Erdo'g’an Bosh vazir Dancilaning Yevropa ittifoqi davriy rahbarligidan oldin Turkiyaga tashrif buyurganidan hursand bo’lganligini ta’kidlagan holda,

“2019-yilning birinchi yarmida Ruminiya davriy rahbarligi va Yevropa ittifoqi bilan yaqin faoliyat olib borish munosabatini tashkil etamiz. Hurmatli Bosh vazir bilan bu borada amalga oshiriladigan masalalarni ham o’zaro ham da hay’atlaro uchrashuvda qo’lga oldik. Undan tashqari Ruminiyada umr surgan qariyb 70 ming turk va 15 mingga yaqin fuqaromiz ikkala mamlakat o’rtasida do’stlik ko’prigi hisoblanadi. Mushtarak tariximizning yodigori bo’lgan ruminiyalik turklar u yerda hech qachon kamsitishlarga ma’ruz qolmay yashadi. Shunday ekan Ruminiyaning bu jihatidan boshqa davlatlarning ham o’rnak olishini xohlaymiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Ruminiya bilan oliy darajali muzokaralarni davom ettirish niyatida ekanliklarini eslatgan Prezident Erdo'g’an,

“Ayniqsa bundan keyingi jarayonda harbiy, siyosiy, iqtisodiy, savdo va madaniy tarmoqlardagi hamkorligimizning yana-da ortisihini xohlaymiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Ruminiya Bosh vaziri Viorica Dancila esa, Turkiyaning Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lish borasidagi faoliytlarini qo’llab-quvvatlashni davom ettirajaklarini qayd etdi.

Turkiya bilan Ruminiya o’rtasidagi diplomatik munosabatlarning 140-yilligini nishonlaganliklarini, Ruminiyadagi “Buyuk birlashish”ning ham 100-yilligi ekanligini eslatgan Dancila, buning Ruminiya tarixidagi ramziga to’xtalgan holda, shunday muhim bir davrda sahxsini qabul qilganligi uchun Prezident Erdo'g’anga minnatdorchilik izhor etdi.

Uchrashuvi chog’ida, o’tgan yildan beri davom etgan strategik sheriklik munosabatini ham qo’lga olganliklarini belgilab o’tgan Viorica Dancila, o’zaro qo’llab-quvvatlash va mushtarak qadriyatlar asosida mustahkamlangan munosabatlarga e’tibor qaratdi.

Dancila Turk va Ruminiya hukumati o’rtasida ham o’zaro, ham da mintaqaviy ma’noda siyosiy, mudofaa, savdo, ta’lim va madaniyat kabi bir necha tarmoqda olib borilgan hamkorligini ta’kidlab o’tdi.

O’tgan yili ikkala mamlakat o’rtasidagi savo hajmining 5 milliard 100 million yevroni tashkil etganligini eslatgan Dancila, NATO bo’yicha ittifoqdosh davlat ekanliklarining ahamiyatiga to’xtaldi.

Dancila, Turkiya va Ruminiya o’rtasida xavfsizlik jihatidan mushtarak qadriyatlarning almashilganligini belgilab o’tgan holda, o’zaro muloqat va hamkorlikni yana-da mustahkamlashga tayyor ekanliklarini ifoda etdi.

“Turkiyaning Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lish ustidan olib borgan faoliyatlarini qo’llab-quvvatlashni davom ettiramiz. Ayniqsa Turkiyaning Yevropaning xavfsizligiga qo’shgan hissasi va muhojirlarga darvozasini ochgan siyosati alohida o’ringa ega” degan Viorica Dancila,

Ikkala mamlakat o’rtasidagi strategik sheriklikning “mustahkam” ekanligini eslatgan holda, tashrifi chog’ida qo’l qo’yilgan hamkorlik shartnomalarnining, har ikkala tomon munosabatlarini yana-da rivojlantirish nuqtasida o’rtaga qo’ygan irodasini aks ettirganligini o’z so’ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar