Akar, terrorizmga qarshi kurashning qarorlilik bilan davom etajagini qayd etdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar shahid O'zgur Janning oilasiga ta'ziya izhor etdish uchun Batmanga bordi.

1063460
Akar, terrorizmga qarshi kurashning qarorlilik bilan davom etajagini qayd etdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar terrorizmga qarshi kurashning qarorlilik bilan davom etajagini qayd etdi.

Hulusiy Akar Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Yashar Guler, Quriqlik Kuchlari qo’mondoni general Umit Dundar, Harbiy-dengiz kuchlari qo’mondoni admiral Adnan O’zbal va Harbiy- havo kuchlari qo’mondoni general Hasan Kuchukakyuz bilan Batmanning Gerjush tumanida PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan oldindan yo’lga joylashtirib qoyilgan va qo’lda yasalgan portlaguvchi moddaning portlatilishi oqibatida shahid bo’lgan serjant O’zgur Jan Injening oilasiga, ta’ziya izhor etish uchun bordi.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar u yerda, terror va terroristlarni butunlay yo’q qilmay aslo kurashning to’xtamasligini, bu borada qarorli ekanliklarini, kurashning oxirigacha davom etajagini, buni terror yetakchilarining ham terroristlarning ham tushunib yetganligini ma’lum qildi.

Qurolli kuchlarining, jandarmeriyaning, politsiyalarning, soqchi va xavfsizlik kuchlarining bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqarib kecha-kunduz demay terroristlarning ketida ekanligini ta’kidlagan Hulusiy Akar,

“Terroristlar ham ichkaridan ham tashqaridan olgan yordami, xoinlar bilan qilgan hamkorligi orqali borligini davom ettirmoqda. Shunga qaramay biz ham oxirgi terroristni ham yo’q qilgunga qadar kurashimizni davom ettiramiz. Bugungacha bo’lganidek bundan keyin ham shahidlarimizning, veteranlarimizning qoni yerda qolmaydi. Mutlaqo bunga javob beradilar” degan ifodalarga o’rin berdi.

 

 



Aloqador xabarlar