Prezident Erdo'g’an AQShning Suriya masalasiga bo’lgan munosabatini tanqid qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Amerika Qo’shma Shtatlarini Suriya masalasida bergan va’dalarini bajarmaslikda aybladi.

1058492
Prezident Erdo'g’an AQShning Suriya masalasiga bo’lgan munosabatini tanqid qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Amerika Qo’shma Shtatlarini Suriya masalasida bergan va’dalarini bajarmaslikda aybladi.

Prezident Erdo'g’an bu borada,

“AQSh Manbij yo’l xaritasiga aslo amal qilmadi. (PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti) YPG/ PYD terror tashkiloti mintaqani tark etmadi. Shuning uchun ham mintaqaning haqiqiy egalari haligacha o’z hududiga joylasholmadi. AQSh bergan va’dasini bajargani yo’q. To’qson kun uchun kelishib olingandi lekin to’qson kun o’tib bo’lay dedi” dedi.  

Prezident Erdo'g’an Nyu-York tashrifini, mazkur tashrifda ishtirok etgan jurnalistlar oldida baholadi.

Unda 17-sentabr kuni Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan kelishib olingan Idlib masalasiga ham to’xtalgan Erdo’g’an,

“Biz Amerikaning nimalar deyishini kutganimiz yo’q. Bu masalada Rossiya bilan birgalikda harakat qildik. Eronni ham yakkalaganimiz yo’q. Ayniqsa nazorat nuqtalari muhim ahamiyatga ega. Turkiyaning 12 ta, Rossiyaning 10 ta, Eronning 6 ta nazorat nuqtasi mavjud, boshqa davlatlarning yo’q. Hududning xavfsizligiga Rossiya javob beradi. Umid qilamizki jarayon hech qanday muammosiz davom etadi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Suriyada radikal guruhlarning og’ir qurollarining yo’q qilinishiga alohida e’tibor berilganligini va buning Milliy razvedka tashkiloti tomonidan amalga oshirilajagini belgilab o’tgan Prezident,

“Faoliyatlar yaxshi davom etmoqda” dedi.



Aloqador xabarlar