Prezident Erdo'g’an: “Kimki haqdan sukut qilsa, tilsiz shaytondir-degan ekanlar”.

Prezident Erdo'g’an Amerika Qo’shma Shtatlaridagi rasmiy tashrifining oxirgi kuni Nyu-Yorkda Turkiya-AQSh biznes kengashi yig’ilishida nutq so’zladi.

1057964
Prezident Erdo'g’an: “Kimki haqdan sukut qilsa, tilsiz shaytondir-degan ekanlar”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an chet ellik investorlarni Turkiya iqtisodiyotiga investitisiya kitishga chaqirdi.

Prezident Erdo'g’an Amerika Qo’shma Shtatlaridagi rasmiy tashrifining oxirgi kuni Nyu-Yorkda Turkiya-AQSh biznes kengashi yig’ilishida nutq so’zladi.

Turk-AQSh munosabatlarini ham siyosiy ham da iqtisodiy jihatdan baholagan Erdo’g’an, savdo urushlarining hech kimga foydasi yo’qligini ta’kidladi.

Prezident Erdo'g’an bu borada,

“Bir tomonli qabul qilingan har qanday qarorning oqibati, qarorni qabul qilganning o’ziga qaytadi. AQSh bilan bo’lgan siyosiy va savdo munosabatlarimizning kelajagiga umid bilan qaraymiz. Bugungacha bir necha qiyinchiliklarni yengib o’tgan strategik sherikligimiz, buni ham uddalaydi” deya gapirdi.

Iqtisodiy tarmoqda ba’zi shaxdam qadamlarning tashlanajagini va Istanbulning xalqaro moliyaviy markazga aylanishi uchun kerakli faoliyatlarning jadal tus olajagini eslatgan Erdo'g’an, chet ellik investorlarni Turkiya iqtisodiyotiga investitisiya kitishga chaqirdi.

Erdo'g’an,

“Turkiyadagi investitsiya imkonlaridan foydalanmoqchi bo’lgan hammaga eshigimiz oxirigacha ochiq” degan ifodalarga o’rin berdi.

Fetullahchi terror tashkiloti FETO va PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti bilan AQShning munosabatlarini ham baholagan Erdo'g’an, FETO to’daboshining hozirda AQShning Pensilvaniya shtatida umr surayotganligiga e’tibor qaratdi.    

Prezident Erdo'g’an,

“(FETO) Hozirda (AQShda) 27 shtatda faoliyat olib bormoqda. 27 shtatda maktablari bor. “Charter School”lari orqali AQSh ularga qariyb 850 million AQSh dollari to’lamoqda va bu inson javoga tortilmayapdi. Huddi himoya qilinayotgandek. Biz strategik sherik emasmizmi? Strategik sherik sifatida bunday terroristni (FETO to’daboshi) qanday qilib himoya ostida olib o’tiripsiz?” deya gapirdi.  

AQShning PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotiga bergan ko’magini ham eslatgan Erdo'g’an,

“Suriyaning shimoliga afsuski AQSh tomonidan ta’minlangan qurol-yaroq, o'q-dori va bombalarning sonidan xabaringiz bormi? (AQShdan terroristlarga) 18 mingdan ortiq yuk tashuvchi mashina orqali, qariyb 3 ming yuk uchog’i orqali qurol-yaroq va o’q-dori yuborildi. Kamiga Suriyada 22 ta baza bor. Xo’sh, bularning hammasi kim uchun? Aytsak yo’mon ko’rishyapdi lekin aytishga majburmiz. Kimki haqdan sukut qilsa, tilsiz shaytondir-degan ekanlar” dedi.   

 



Aloqador xabarlar