“Aziz Mahmud Hudai” fondi bayirbujaklik turkmanlarga yordam berdi

Turkiyadagi “Aziz Mahmud Hudai” fondi bayirbujaklik turkmanlarga yordam berdi.

1055006
“Aziz Mahmud Hudai” fondi bayirbujaklik turkmanlarga yordam berdi

Turkiyadagi “Aziz Mahmud Hudai” fondi mamlakatning Hatay viloyatining Yayladag’i tumanidagi YIBO nomidagi konteyner shahrida jon saqlagan bayirbujaklik turkmanlarga yordam berdi.

Suriyalik turkman oilalarning ahvolidan xabar olgan fond a’zolari, shaharda bolalarning ahvolini yaqindan kuzatdi.

Tumanda yashagan suriyaliklar haqida rasmiylardan ma’lumot olgan fond a’zolari, yordamga ehtiyoji bor oilalarga naqd pul jihatidan ko’mak berdi.

Tashrif chog’ida fond a’zolariga tuman boshlig’i O’mer Faruk Yuje, uning turmush o’rtog’i va lager direktorlari ham hamrohlik qildi.



Aloqador xabarlar