Milliy Xavfsizlik Kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi...

Milliy Xavfsizlik Kengashida, Suriyaning Idlib hududida Rossiya bilan tuzilgan kelishuvning ahamiyatiga diqqat qaratildi.

1053806
Milliy Xavfsizlik Kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi...

Milliy Xavfsizlik Kengashi, Suriyaning Idlib shahridagi quroldan xolis hududda hujumlarni to'xtatish mavzusida Rossiya bilan tuzilgan kelishuvning ahamiyatiga diqqat qaratdi.

Prezidentlik Kulliyasida kecha bo'lib o'tgan Milliy Xavfsizlik Kengashi yig'ilishidan keyin bildiruv chop etildi.

Bildiruvda, "Idlibda quroldan xolis hududda hujumlarni zudlik bilan to'xtatish mavzusida Rossiya bilan tuzilgan kelishuvning ahamiyatiga diqqat qaratildi" deb ifoda etdi.

Bildiruvda quyidagi ifodalar qayd etildi: "Suriyaning boshqa hududlarini ham terrordan tozalash faoliyarlarini kengaytirish tasdiqlandi. Suriya tarangligiga yechim topish doirasida xalqaro jamoatchilik, siyosiy va insoniy mas'uliyatlarini bajo keltirishga da'vat etilmoqda." 

Bildiruvda, "Munbichni terroristlardan tozalash uchun kelishilgan yo'l xaritasining kuchga kirishi kutilmoqda" deb yozildi.

Shuningdek, "Chet elda qo'lga olingan terroristlarni Turk adolatiga topshirish mavzusida Turkiya qat'iydir, bu operatsiyalar davom etadi" deb bildirildi.
 



Aloqador xabarlar