Turkiya va Rossiya prezidentlari Sochida uchrashdi

Ikki yetakchi Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyatni muhokama qilmoqda.

1051263
Turkiya va Rossiya prezidentlari Sochida uchrashdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Sochi shahridagi uchrashuvi boshlandi.

Uchrashuv oldidan matbuotga qisqacha bayonot bergan Erdo’g’an: “Siyosiy, harbiy, iqtisodiy va boshqa bir qator sohalarda fikr almashish bir-birimizni yanada mustahkamlaydi. Xozirda dunyoning nigohi Sochida. Bu yerda e’lon qilinadigan qo’shma bayonot mintaqada yangi umid paydo qiladi”,-dedi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin: “Muhokama qilishimiz kerak bo’lgan juda ko’p masala bor. Ba’zilari juda chigal mavzular. Bularni ko’zdan kechiramiz va ayni paytda ularni hal qilish yo’llarini qidiramiz”,-dedi.

“Turkiya bilan munosabatlarimiz ijobiy davom etmoqda. Tijoriy jihatdan juda tig’iz ish olib borilmoqda. Mintaqa xavfsizligi jihatidan ham aloqalarimiz yaxshi. Qolaversa, keng ko’lamli xalqaro siyosatda ham munosabatlarimiz mustahkamlanmoqda”,-dedi Vladimir Putin.

Ikki yetakchi Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyatni muhokama qilmoqda.

Erdo’g’an va Putin uchrashuvida Idlibda ehtimoliy hujumlardan kelib chiqadigan migratsiya muammosi, mintaqadagi turk askarining xavfsizligi, siyosiy yechim tashabbuslari kabi bir qator nozik masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, uchrashuvda iqtisodiyot va energiya mavzulari ham ko’zdan kechiriladi.

Ushbu uchrashuvning 26 sentyabrda BMT umumiy kengashida Suriyaga bag’ishlab o'tkaziladigan majlis oldidan amalga oshirilganligi ham katta ahamiyatga molik.

Eslatma: Erdo’g’an Putin bilan ohirgi marta 7 sentyabr kuni Tehonda uchrashgan edi.



Aloqador xabarlar