Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Rossiyaga hamdardlik bildirdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida ro’y bergan vertolyot halokatida 18 kishining hayotdan ko’z yumganligi munosabati bilan Rossiyaga hamdardlik bildirdi.

1025761

“Rossiya Federatsiyasining Sibir o’lkasidagi Krasnoyarsk shahrida ishchilarni olib ketayotgan vertolyotning qulab tushishi oqibatida 18 kishi halok bo’lganligidan xabar topdim. Rossiya Federatsiyasi davlatiga, xalqiga va halok bo’lganlarning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etaman”,-deydi u Tvitterdagi sahifasida.

Mavlud Chavushog’li Rossiyaga ta’ziyasini internet orqali rus tilida ham e’lon qildi.

Eslatma: Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida Mi-8 vertolyoti qulab tushdi.

Fojia oqibatida 18 kishi halok bo'ldi.

Aloqador xabarlar