Amerikalik general Kurtis Skaparotti Turkiyaga tashrif buyurmoqda

AQSh Yevropa kuchlari va NATO ittifoqdosh kuchlar harakat qo’mondoni general Kurtis Skaparotti ertaga 1 avgust chorshanba kuni Ankarada tegishli vakillar bilan muzokara o’tkazadi.

1022876
Amerikalik general Kurtis Skaparotti Turkiyaga tashrif buyurmoqda

AQSh Yevropa kuchlari va NATO ittifoqdosh kuchlar harakat qo’mondoni general Kurtis Skaparotti Turkiyaga tashrif buyurmoqda.

Amerikalik general Kurtis Skaparotti ertaga 1 avgust chorshanba kuni Ankarada tegishli vakillar bilan muzokara o’tkazadi.

Muzokaralarda asosan Suriya shimolidagi o’zgarishlar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Kurtis Skaparotti 2 avgust payshanba kuni esa, Adanadagi Injirlik harbiy bazasida bo’ladi va u yerdan Izmirga jo’nab ketadi.

Skaparotti oxirgi marta 27 iyunda milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan telefonda muloqot qilgandi.

Suhbatda Suriya shimolidagi mavjud xavfsizlik vaziyati, Munbich yo’l haritasi ustida belgilangan xavfsizlik rejalarini amalga oshirish va NATO bilan bog’liq ba’zi mavzular bo’yicha fikr almashilgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Kurtis Skaparotti , #NATO , #general

Aloqador xabarlar