Kiyevdan Turkiyaning Kayseri shahriga to’g’ridan samolyot safarlari yo’lga qo'yilmoqda

Kayseri hokimi Mustafo Chelik Kayserida turizmni rivojlantirish faoliyatlari doirasida Ukrainaning eng yirik 15 nafar sayohat agentliklari boshqaruvchilari bilan uchrashdi.

1022055
Kiyevdan Turkiyaning Kayseri shahriga to’g’ridan samolyot safarlari yo’lga qo'yilmoqda

Turkiyaning Kayseri shahriga Ukraina poytaxti Kiyev shahridan to’g’ridan samolyot safarlari yo’lga qo’yiladi.

Kayseri hokimi Mustafo Chelik Kayserida turizmni rivojlantirish faoliyatlari doirasida Ukrainaning eng yirik 15 nafar sayohat agentliklari boshqaruvchilari bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda qish mavsumida Ukrainaning Kiyev shahridan Kayseriga har hafta to’g’ridan samolyot reyslari yo’lga qo’yilishi to’g’risida qaror olindi.

“Eng muhim turistik maskanimiz Erjiyes tog’i. Kayserining o’ziga xos xususiyati shundaki, yuzidan tabassum arimagan va mehmondo’st xalqining borligidir. Turizm sohasida hamkorlik qilishga tayyormiz. Xorijdan kelgan mehmonlarni juda yaxshi kutib olamiz, bunga shubha yo’q”,-deydi Kayseri hokimi Mustafo Chelik.

Eslatma: Dekabr oyida Rossiyaning poytaxti Moskvadan Kayseriga to’g’ridan samolyot reyslari yo’lga qo’yilgandi. Shaharga kelgan rus sayyohlar “Erkilet” aeroportida gullar bilan kutib olingandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kiyev , #Ukraina , #Turkiya , #Kayseri , #reys

Aloqador xabarlar