Erdo'g'an, BRICS sammitining global iqtisodiyotga ijobiy hissa qo’shajagini qayd etdi

Prezident Erdo'g’an twitter orqali BRICS sammiti va Janubiy Afrikaga bo’lgan tashrifini baholadi.

1021782
Erdo'g'an, BRICS sammitining global iqtisodiyotga ijobiy hissa qo’shajagini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an navbatdagi Braziliya-Rossiya-Hindiston-Xitoy-Janubiy Afrika (BRICS) sammitining global iqtisodiyotga yangi ijobiy hissa qo’shajagini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an twitter orqali BRICS sammiti va Janubiy Afrikaga bo’lgan tashrifini baholadi.

Islom Hamkorlik tashkilotining davriy rahbari sifatida BRICS Sammitiga taklif qilinganligini belgilab o’tgan Erdo’g’an, Janubiy Afrikada mazmunli uchrashuvlar o’tkazganligini ma’lum qildi.

Prezident Erdo'g’an,

“Navbatdagi BRICS Liderlar sammiti butun dunyoga yaxshilik olib kelishini tilayman. O’ylaymanki mazkur sammit global iqtisodiyotga yangi, ijobiy hissa qo’shadi” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Sammit doirasida BRICS a’zosi va taklif qilingan davlatlarning liderlari bilan uchrashuvlar o’tkazganligini eslatgan Rajap Tayyip Erdo’g’an bu uchrashuvlarda global va mintaqaviy siyosat shuningdek, iqtisodiy vaziyatlarni qo’lga olish imkoni topganligini yetkazdi.

Twitterda shuningdek, tashrif va uchrashuvlar chog’ida tushirilgan fotosuratlarga ham o’rin bergan Erdo’g’an o’z so’zini:

“Global iqtisodiy vaziyat, Suriya masalasi, Afrikaning rivojlanishi, Osiyo bilan biz rivojlantirayotgan iqtisodiy va siyosiy munosabatlar kabi bir necha masalada uchrashuvlar olib borgan liderlarga minnatdorchilik bildiraman. Janubiy Afrikaga bo’lgan tashrifimiz doirasida mintaqada yashagan musulmon va turk fuqarosi yurtdoshlarimiz bilan ham uchrashdik. FETO (Fetullahchi terror tashkiloti) bosh bo’lish bilan birga musulmonlarning mintaqadagi muammolarini va muammolarni hal qilish takliflarini qo’lga oldik. Tashrifimizning oxirgi kunida ham Janubiy Afrikada faoliyat olib borgan muhim investorlar va ishbilarmonlar bilan uchrashib, munosabatlarimizning har tarmoqda, yutuq tushunchasi va teng sheriklik asosida rivojlanishi uchun fikr almashdik” deya davom etdi.  

Shuningdek,

“Ubuntu diyori, rang-barang kamalak nuridek bo’lgan Janubiy Afrika xalqining iliq mehmondo’stligi uchun kattakon rahmat” degan ifodalarga ham o’rin bergan Prezident Erdo'g’an o’z so’zini, “Ollox Afrikani saqlasin” degan ma’nodagi “"Nkosi Sikelel' iAfrika" degan so’zlari iblan yakunladi.

Ubuntu, “Meni men qilgan mening atrofimdagilardir” degan Afrika falsafasini ifoda etadi.

 



Aloqador xabarlar