Turkiya tashqi ishlar vaziri AQShning tahdidiga bo'yin egmasligini bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Twitterdagi sahifasida "Rohib Brunson ozod qilinmasa, AQSh sanksiya qo'llaydi",-deb ma'lum qilgandi.

1020313
Turkiya tashqi ishlar vaziri AQShning tahdidiga bo'yin egmasligini bildirdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'li AQSh prezidenti Donald Tramp va o'rinbosari Mayk Pencening kecha uy qamog'iga olingan Fathulloh Gulen harakati faoli rohib Andrev Brunson ozod etilmagan taqdirda, Turkiyaga nisbatan sanksiya qo'llashi haqidagi tahdidiga munosabatini bildirdi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'li:"Hech kim Turkiyaga aql o'rgata olmaydi. Tahdidlarga aslo ko'z yumaymiz. Huquq qoidalari barchaga taalluqlidir",-dedi.

Eslatma: AQSh prezidenti Donald Tramp Twitterdagi sahifasida "Rohib Brunson ozod qilinmasa, AQSh sanksiya qo'llaydi",-deb ma'lum qilgandi.

Trampdan oldin Pence ham Brunsonni AQShga olib ketishga harakat qilishini bildirib, Brunson ozod bo'lmagan taqdirda, Turkiyaga sanksiya berishini ma'lum qilgandi.

 



Aloqador xabarlar