Turkiya TIV: “Terror unsurlari Manbijni tark etishni davom etmoqda”.

Turkiya YPG/ PYD terror tashkilotining Manbijdan butunlay chiqib ketganligi haqidagi ma’lumotlarning bo’rttirilgan ma’lumot ekanligini qayd etdi.

1013341
Turkiya TIV: “Terror unsurlari Manbijni tark etishni davom etmoqda”.

Turkiya PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotining Manbijdan butunlay chiqib ketganligi haqidagi ma’lumotlarning bo’rttirilgan ma’lumot ekanligini qayd etdi.  

Tashqi ishlar vazirligi manbaalari terror unsurlarining mintaqani tark etishni davom etganligini belgilab o’tdi.

YPG/ PYD terror tashkilotining mintaqani butunlay tark etganligi haqida ma’lumot tarqatgan Reuters axborot agentligi, “Buni Turkiya anchadan beri kutayotgan edi” dedi.    

AQShning Associated Press (AP) axborot agentligi ham terroristlarning mintaqadan butunlay chiqib ketishi orqali Anqara va Vashington o’rtasidagi sovuqlikni yaratgan muammoning hal bo’lganligini qayd etdi.  

Aytib o’tish joizki Turkiya va Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasida bir necha oydan beri davom etgan nizolar ortidan o’tgan oyda ular Manbij masalasida kelishib olgan edi. Bunga ko’ra PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti Manbijni tark etib, Turk va Amerika askarlari mintaqa va atrofida xavfsizlikni birgalikda ta’minlashni rejalashtirgan edi.

YPG/ PYD terror tashkiloti Manbijdan butunlay chiqib ketganligi haqidagi ma’lumotlarni baholagan Tashqi ishlar vazirligi manbaalari, nomi tilga olingan axborotlarni bo’rttirilgan ma’lumot ekanligini eslatib o’tgan holda, bu boradagi jarayonning davom etayotganligini ta’kidladi.

Patrul yo’nalishidagi nazorat nuqtalarini tark etish ishlarining davom etayotganligini ifoda etgan manbaalar, “Mushtarak patrullik xizmatlari davom etmoqda. Shuning uchun ham Manbijdan bu bosqichda PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotining butunlay chiqib ketganligi haqidagi ma’lumotlar to’g’ri emas” deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar