Bo’g’oz orolida chorasiz qolgan 34 nafar immigrant qutqarildi

Qutqarilgan immigrantlardan tashqari bugun ertalab puflangan qayiq orqali Gretsiyaga ketishga harakat qilgan 57 immigrant ham qo’lga tushdi.

1011968
Bo’g’oz orolida chorasiz qolgan 34 nafar immigrant qutqarildi

Turkiyaning Izmir viloyatining Cheshme tumanidagi dengiz qirg’og’idan ancha uzoq nuqtada chorasiz qolgan 34 nafar immigrant butunlay qutqarildi.

Turk Sohil Xavfsizlik xodimlari Egey dengizining Cheshme tumanidagi dengiz qirg’og’idan ancha uzoq nuqtadagi Bo’g’oz orolida chorasiz qolgan biri guruh immigrant uchun qutqarish amaliyoti boshlatdi.

Sohil Xavfsizlik qo’mondonligiga qarashli xodimlar, 34 kishi ekanligi aniqlangan immigrantlarni qutqarish uchun amaliyot olib bordi.  

Buning uchun mintaqaga vertolyot va sohil xavfsizlik kemalari yuborildi.

Ikkita Sohil Xavfsizlik vertolyoti ishtirok etgan qutqarish faoliyati natijasida immigrantlar butunlay qutqarildi.

Aytib o’tish joizki nomi tilga olingan mintaqa yaqinlarida bugun ertalab puflangan qayiq orqali Gretsiyaga ketishga harakat qilgan 57 immigrant ham qo’lga tushdi.

Turkiyaning Izmir viloyatining Cheshme tumanidagi dengiz qirg’og’idan ancha uzoqda, noqonuniy yo’llar orqali Gretsiyaga ketishga harakat qilgan 57 noqonuniy immigrant qo’lga tushdi.

 

 



Aloqador xabarlar