Turkiya Tunisda ro’y bergan terrorchilik harakatini qoraladi

“Kecha Tunisning Jenduba viloyatida ro’y bergan terrorchilik harakatida 9 nafar chegara posboni halok bo’lganligidan qayg’udamiz. Do’st Tunis hukumatiga va qardosh xalqiga chuqur ta’ziya izhor etamiz”,-deyiladi bayonotda.

1008743
Turkiya Tunisda ro’y bergan terrorchilik harakatini qoraladi

Turkiya kecha Tunisning Jenduba viloyatida ro’y bergan terrorchilik harakatini qoraladi.

Bu haqda tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Kecha Tunisning Jenduba viloyatida ro’y bergan terrorchilik harakatida 9 nafar chegara posboni halok bo’lganligidan qayg’udamiz. Bu hujumni qoralaymiz. Halok bo’lganlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin. Do’st Tunis hukumatiga va qardosh xalqiga chuqur ta’ziya izhor etamiz”,-deyiladi bayonotda.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Tunis bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Eslatma: Kecha Tunisda ro’y bergan terrorchilik harakatida 9 nafar chegara posboni halok bo’lgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tunis , #terrorchilik harakati , #Turkiya , #ta'ziya

Aloqador xabarlar