Turkiyada terrorizmga qarshi kurash davom etmoqda

Ichki ishlar vazirligi tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda 18-25 iyun kunlari uyushtirilgan amaliyotlar haqida ma’lumot berildi.

999572
Turkiyada terrorizmga qarshi kurash davom etmoqda

Turkiyada oxirgi bir hafta mobaynida terrorizmga qarshi uyushtirlgan amaliyot oqibatida PKK terror tashkilotiga a’zo 24 terrorist yo’q qilindi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda 18-25 iyun kunlari uyushtirilgan amaliyotlar haqida ma’lumot berildi.

Bayonotda oxirgi bir hafta mobaynida maxsus topshiriqli jandarmeriya, politsiya xodimlari shuningdek ichki xavfsizlik amaliyotlari doirasida Turk Qurolli kuchlarining havo va quriqlik unsurlari tomonidan 1 542 amaliyot uyushtirilganligi qayd etildi.   

Yozma ravishdagi bayonotda terror tashkilotlariga yordam berishlik va ular bilan aloqa o’rnatishlikda ayblangan 664; giyohvand moddalar va odam savdosi bilan bog'liq jinoyatlardan 2945 va tartibsiz migratsiyaga qarshi kurash doirasida 52 jami 3 661 kishining nazorat ostiga olinganligi ma’lum qilindi.

Bayonotda mazkur nazorat ostiga olinganlardan 395 nafarining PKK/ KJK; 198 nafarining Fetullahchi terror tashkiloti Parallel Davlat tuzilmasi; 68 nafarining DEASh va 3 nafarining o’ta o’ng qanot guruhlarga qarashli ekanligining aniqlanganligi ham ilova etildi.

Bayonotda shuningdek uyushtirilgan amaliyot natijasida 12 terroristning o’lik holatda, 7 terroristning tirik holatda va 5 nafarining o’z xohishi bilan taslim bo’lishi orqali 24 terroristning yo’q qilinganligi ham ifoda etildi.

Undan tashqari xavfsizlik kuchlari tomonidan uyushtirilgan amaliyotlar natijasida Turkiyaning Diyarbakir, Hakkari, Van va Shirnak viloyatlarida 11 ta boshpana va g’orning foydalanishdan chiqairlganligi ma’lum qilindi.

 

 

 



Aloqador xabarlar