Guterres Kipr muammosining hal qilinishi kerakligini qayd etdi

BMT Bosh kotibi Antonio Guterres Kipr orolidagi muammoning hal qilinishi kerakligini qayd etdi.

998139
Guterres Kipr muammosining hal qilinishi kerakligini qayd etdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres Kipr muammosining hal qilinishi uchun muhim jarayonning boshlashiga imkon yaratadigan shart-sharoitning tuzilishini belgilab olish niyatida yaqinda orolga Birlashgan Millatlar Tashkiloti nomidan oliy darajali vakil yuborajagini ma’lum qildi.

Guterres tomonidan Kipr muammosining hal qilinishi uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashiga taqdim etilgan oxirgi hisobotda, Shveytsariyaning Krans Montana shahridagi uchrashuvlardan keyin tomonlar o’rtasidagi rasmiy munosabatning minimal saviyaga tushganligi va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji bilan Kiprning grek tomoni lideri Nikos Anastasiadisning bir marotaba uchrashganligi ifoda etilgan.   

Liderlarga, kerakli siyosiy iroda bilan takror uchrashuv o’tkazishga tayyor bo’linganida BMTning bu jarayonni qo’llab-quvvatlash niyatida ekanligini yetkazganligini eslatgan va ishonchni mustahkamlashda ba'zi tashabbuslarni ko’rsatishga chaqirgan Antonio Guterres, mazkur chora va tadbirlarni birgalikda yoki bir tomonli olaroq ham yo’lga qo’yilishi mumkinligini qayd etgan.

Guterres bu borada shuningdek,

“Tomonlar bilan batafsil maslahat qilishlik va Krans Montanadan keyin muhim jarayonning boshlashiga imkon yaratadigan shart-sharoitning tuzilib tuzilmaganligini belgilab olish niyatida yaqinda orolga Birlashgan Millatlar Tashkiloti nomidan oliy darajali vakil yubormoqchiman. Tomonlarni bu imkonni qo’ldan boy bermaslikka chaqiraman” degan ifodalarga o’rin berdi.

O’rta yer dengizidagi uglevodorod zaxiralari masalasini ham baholagan Bosh kotib Guterres Kipr atrofidagi tabiiy manbaalardan har ikki tomonning ham foydalanishi kerakligini ta’kidladi.  

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Antonio Guterres , #Kipr

Aloqador xabarlar