Saylov-2018:Xorijda yashagan 1 mln 486 ming 408 nafar Turkiya fuqarosi saylovda ovoz berdi

Turkiyada 24 iyunda bo’lib o’tadigan prezident saylovlari hamda deputatlik umumiy saylovlari munosabati bilan xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

995793
Saylov-2018:Xorijda yashagan 1 mln 486 ming 408 nafar Turkiya fuqarosi saylovda ovoz berdi

Turkiyada 24 iyunda bo’lib o’tadigan prezident saylovlari hamda deputatlik umumiy saylovlari munosabati bilan xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

Bugungacha xorij mamlakatlar bo’ylab tashkil qilingan saylov uchastkalarida 1 mln 486 ming 408 saylovchi ovoz berdi.

Oliy saylov kengashi xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda va bojxona idoralarida ovoz berish jarayoni natijalariga doir bayonot berdi.  

Ma’lumotga ko’ra, xorijda ro’yxatdan o’tgan 3 mln 47 ming 323 saylovchidan 1 mln 486 ming 408 nafari prezident saylovlari hamda deputatlik umumiy saylovlari uchun ovoz bergan.

Tashqi diplomatik vakolatxonalarda va bojxona idoralarida ovoz berish nisbati 48.78 foizga yetdi.

Saylov munosabati bilan 60 mamlakatda jami 123 ta diplomatik vakolatxonada saylov uchastkalari tashkil qilindi. Saylovchilarning 1 mln 357 ming 676 nafari Turkiya elchixonalarida ovoz berar ekan, 128 ming 732 nafar saylovchi bojxona idoralarida tashkil qilingan saylov uchastkalarida ovoz berdi.

Xorijdagi saylovchilar ro’yxatiga kiritilgan Turkiya fuqarolari bojxona idoralarida tashkil qilingan saylov uchastkalarida 24 iyun kuni Turkiya vaqti bilan soat 17:00gacha ovoz berishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, xorijda yashagan Turkiya fuqarolarining o’sha mamlakatda ovoz berishi uchun 2012 yilda qaror qabul qilingan.

Ushbu qarorga binoan, xorijda yashagan Turkiya fuqarolari yashab kelayotgan davlatdagi Turkiya elchixonalariga borib ovoz berish imkoniyatiga ega bo’lgan. Ular 2014 yilda birinchi marta prezident saylovlarida ovoz bergan.

2015 yil 7 iyunda bo’lib o’tgan umumiy saylovlarda xorijda yashagan 1 mln 56 ming saylovchi, 2015 yil 1 noyabrda bo’lib o’tgan umumiy saylovlarda esa, 1 mln 300 ming saylovchi, 2017 yil 16 aprelda bo’lib o’tgan referendumda esa, 1 mln 400 ming saylovchi ovoz bergan edi.

Bu yilgi saylov jarayoniga to’xtaladigan bo’lsak, turk saylovchilar gavjum yashagan davlatlardagi ovoz berish nisbati asosan, Belgiya va Shveysariyada yuqori ekanligi kuzatiladi.

Ma’lumotga ko’ra, 142 ming 463 saylovchi ro’yxatdan o’tgan Belgiyada 82 ming 423 saylovchi ovoz berdi. Bu esa, saylovchilarning 57.86 foizini tashkil qiladi.

Shveysariyada yashagan 98 ming 929 saylovchidan 56 ming 96 nafari saylov uchastkalariga borib ovoz bergan. Jumladan, ovoz berish nisbati 56.7 foizni tashkil qiladi.

Germaniyada 1 mln 443 ming 585 kishi saylovchilar ro’yxatidan o’tgan bo’lib, bulardan 717 ming 992 nafari ovoz berdi, bu saylovchilarning 49.74 foizini tashkil qiladi.

Germaniyadan keyingi turklar gavjum yashagan davlatlardan biri Fransiyada 340 ming 751 saylovchidan 170 ming 901 nafari ovoz berdi. Bu esa saylovchilarning 50.15 foizini tashkil qiladi.

Gollandiyada 260 ming 264 saylovchi ro’yxatdan o’tgan bo’lib, bulardan 130 ming 383 nafari saylovda ovoz bergan. Ovoz berish nisbati 50.1 foizni tashkil qiladi.

Avstriyada ovoz berish nisbati 51.82 foizni tashkil qildi. U yerda saylovchilar ro’yxatidan o’tgan 106 ming 657 saylovchidan 55 ming 273 nafari ovoz berdi.

Birlashgan qirollikda esa, 99 ming 250 saylovchi ro’yxatdan o’tgan bo’lib, bulardan 47 ming 517 nafari ovoz berdi. Mamlakatdagi ovoz berish nisbati 47.88 foizni tashkil qiladi.

Yevropa miqyosida, eng diqqat qaratuvchi saylov natijalarini Lyuksemburgda kuzatish mumkin. Lyuksemburgda yashagan va ro’yxatdan o’tgan saylovchilar soni 778 nafarni tashkil qilishiga qaramay, u yerda 10 ming 240 kishi ovoz bergan. U yerdagi ovoz berish nisbati Germaniya, Fransiya va Belgiyadan borgan saylovchilar tufayli yuqori ekanligi taxmin qilinmoqda.

Turkiya fuqarolari gavjum yashagan davlatlardan biri AQShda esa, ovoz berish nisbati Yevropa davlatlaridan orqada qoldi.

Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, 106 ming 301 kishi saylovchilar ro’yxatidan o’tgan AQShda 37 ming 75 kishi ovoz bergan. Ovoz berish nisbati 34.88 foizni tashkil qildi.

 



Aloqador xabarlar