Binali Yildirim: “Terror tashkilotini yo’q qilishlik, bizning burchimizdir”.

Bosh vazir Binali Yildirim Izmirda yurttoshlarga xitob etar ekan Turkiyaning Suriyadagi terrorizmga qarshi kurashiga to’xtaldi.

996063
Binali Yildirim: “Terror tashkilotini yo’q qilishlik, bizning burchimizdir”.

Bosh vazir Binali Yildirim Suriyaning shimoliy hududlarini YPG/ PYD terror tashkilotidan qutqargan Turk Qurolli kuchlarining Iroqning Qandil mintaqasini ham terrordan qutqarajagini qayd etdi.  

Turkiyaning Izmir viloyatida yurttoshlarga xitob etgan Bosh vazir Yildirim,

“Firot qalqoni amaliyoti orqali Suriyada terrorni yo’q qildik. Afrin amaliyoti (Zaytun novdasi) orqali u yerdan ham terroristlarni yo’q qilib, oy yulduzli bayrog’imizni hilpiratdik. Navbat Qandilda. Uni ham amalga oshiramiz. Buning uchun qasam ichdik. Ularga yashash imkoni bermaymiz” dedi.

PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotining tashqi kuchlar tomonidan Turkiyaga qarshi foydalanilgan bir loyiha ekanligini eslatib o’tgan Binali Yildirim,

“Ularning kurdlar bilan hech qanday dardi yo’q. Terror tashkiloti kurdlarning ham, turklarning, bu xalqning ham boshining balosi balosi. Terror tashkilotini yo’q qilishlik, bizning vazifamizdir” degan ifodalarga o’rin berdi.



Aloqador xabarlar