Turkiya Nigeriyadagi bombali hujumni qoraladi

Turkiya Nigeriyaning shimoliy sharqidagi Borno shtatidagi Ramazon hayitini nishonga olgan bombali hujumni qoraladi.

994219
Turkiya Nigeriyadagi bombali hujumni qoraladi

Turkiya Nigeriyaning shimoliy sharqidagi Borno shtatidagi Ramazon hayitini nishonga olgan bombali hujumni qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shu haqida berilgan bayonotida Turkiyaning, Nigeriyaning shimoliy sharqidagi Borno shtatidagi Damboa mintaqasida yuz bergan va Ramazon hayiti bayramini nishonga olgan bombali hujum oqibatida bir necha kishining jon berishi va tan jarohati olishidan chuqur qayg’uda ekanligi ifoda etildi.

Bayonotda shuningdek,

“Bu dahshatli hujumni qoralar ekanmiz, hujum oqibatida jon berganlarga Olloxdan rahmat, tan jarohati olganlarga esa shifo tilaymiz. Nigeriya xalqi va hukumatiga ta’ziya izhor etamiz” degan ifodalarga o’rin berildi.

Aytib o’tish joizki mazkur hujumda 20 kishi jon bergan bo’lib, 48 kishi tan jarohati olgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Nigeriya , #bombali hujum

Aloqador xabarlar