Kun tahlili 23-qism

Dasturimizning bugungi bo'limida Turkiya va AQSh o'rtasidagi Manbij kelishuvi haqida so'z qilamiz.

988086
Kun tahlili 23-qism

Oxirgi yillarda Turkiya va AQSh o’rtasida bir necha masala ustidan taranglik paydo bo’lmoqda.  Ayniqsa AQShning Turkiyadagi 15-iyul voqeasidan keyin Pensilvaniyadagi FETO terror tashkiloti lideri Fetullah Gulenni ekstraditsiya qilmasligi va PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotini to’g’ridan-to’g’ri qo’llab-quvvatlab, va hatto uni ittifoqchi deb e’lon qilishi, ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarga ziyon yetkaza boshladi. Turkiyaning yangi terrorizmga qarshi kurash doktrini doirasida amalga oshirgan “Firot qalqoni” va “Zaytun novdasi” amaliyotiga qo’shimcha sifatida Ostona jarayoni doirasida Turk Qurolli kuchlari tomonidan Idlibda qurilgan 12 ta nazorat nuqtasi, Turkiyaning mintaqadagi kuchiga-kuch qo’shgan vaziyatda. Turkiyaning “Zaytun novdasi” amaliyoti orqali YPG terror tashkilotining eng muhim bazalaridan birini terroristlardan tozalaganligi, Turkiyaning kuchini Manbij masalasida yana-da orttirdi.       

Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETAning mustaqil tadqiqotchi va yozuvchi Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz.

Manbij, Suriya inqilobining birinchi yillarida Erkin Suriya armiyasi tomonidan qo’lga kiritlgan edi lekin 2014-yili DEASh tomonidan bosib olindi. Ko’p o’tmay 2016-yili esa AQSh rahbarligidagi xalqaro koalitsiya YPG terror tashkilotining asosini tashkil etgan Suriya Demokratik kuchlari bilan birgalikda Manbijga qarshi amaliyot boshlatdi. Bunga qarshi Turkiyaning e’tirozlari va ogohlantirishlari natijasida AQSh Turk tomoniga DEASh terror tashkilotini mintaqadan chiqarilishi ortidan YPG terror tashkiloti a’zolarini takror Firotning sharqiga o’tkazish va mintaqaning arablar tomonidan nazorat qilinishi haqida va’da bergan edi. AQSh yetakchilarining YPG terror tashkilotininig Manbijni tark etganligi haqidagi bayonotlariga qaramay YPG mintaqani tark etmadi. Shuningdek, AQSh tomonidan Manbij uchun tashkil etilgan Manbij Harbiy kengashi YPG tomonidan foydalanilmoqda. Manbij Harbiy kengashi rasmiy olaroq mustaqil tashkilot sifatida ko’rinishiga qaramay PKK terror tashkiloti tomonidan to’g’ridan-to’g’ri Manbijga atalgan Jamil Mazlum va Ismoil Derik tomonidan boshqarilmoqda. Bunga qo’shimcha sifatida mintaqadan ma’lumot tarqatgan ko’pchilik jurnalistlar YPG/ PYD terror tashkilotining mintaqadagi maktablarda o’z mafkurasini targ’ib qilayotganligini qayd etmoqda.  

Manbij uchun Turkiyaning kuchiga-kuch qo’shgan eng muhim unsurlardan biri mahalliy xalqning YPG terror tashkiloti boshqaruvidan bezovta bo’lishidir. Chunki Manbijdagi YPG zulmidan qochgan minglab inson Firot qalqoni amaliyoti natijasida xavfsiz mintaqalarda jon saqlamoqda. Undan tashqari Manbijdagi qabilalar va mahalliy xalq YPG terror tashkilotining, yoshlarni majburan qurollantirib, qiynoqqa solishiga qarshi bir necha marotaba namoyish uyushtirdi. Yerostida faoliyat olib borgan va suiqasdlar orqali YPG terror tashkiloti a’zolarini o’ldirgan Al-Qiyom harakati Manbijda tashkil topib, birinchi faoliyatlarini ham ana shu yerda boshladi.

“Zaytun novdasi” amaliyoti ortidan Turkiyaning Manbij haqidagi bayonotlari va tayyorgarliklari amerikalik va turk yetakchilar o’rtasida diplomatik uchrashuvlarning boshlashiga yo’l ochdi. Sobiq AQSh Davlat kotibi Rex Tillersonning Turkiyaga bo’lgan tashrifi doirasida Manbij masalasida AQSh va Turkiyaning kelishib olishligi uchun Turkiya va Amerika o’rtasida qo’shma guruh tashkil etildi. Rex Tillerson vazifasining to’xtatilishi ustiga jarayon bir muddat to’xtab qolishiga qaramay Mike Pompeoning Davlat kotibi bo’lishi ortidan jarayon to’xtagan joyidan davom etdi. Buning natijasida Turkiya va AQSh tomonidan birgalikda aniqlab olingan 3 bosqichli yo’l xaritasi bo’yicha kelishib olindi. Mazkur yo’l xaritasiga ko’ra YPG Manbijni tark etadi. Manbijni esa Turkiya va AQSh birgalikda nazorat qiladi. Undan tashqari Manbijning mahalliy unsurlari tomonidan yangi boshqaruv guruhi tashkil etiladi.

Turkiya va AQShning Manbij masalasida kelishib olishi NATO tarkibidagi bu ikki mamlakat o’rtasidagi taranglikni yengillashtirib, hamkorligini orttirishi mumkin. Lekin bir necha nuqta belgilab olingan yo’l xaritasi va o’zaro munosabatlar uchun katta muammo hisoblanadi. Chunki mazkur yo’l xaritasi yo’lga qo’yilmagudek bo’lsa, to’g’rirog’i, YPG terror tashkiloti a’zolari Manbijdan chiqib ketmagudek bo’lsa unda o’zaro munosabatlarda yangi muammolar tug’iladi. Undan tashqari ikkala mamlakat o’rtasida qaysi tashkilot va shaxslarning PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti bilan aloqasining borligi masalasiga aniqlik kiritilishi ham muhim muammolardan biri hisoblanadi. Masalan, Manbij Harbiy kengashi AQShning bayonotlariga ko’ra butunlay mustaqil ekan faoliyatda to’g’ridan-to’g’ri Qandil tomonidan boshqarilmoqda.

Ikkinchi muammo esa YPG terror tashkilotining Firot sharqidagi borligi. Turkiya jihatidan Manbijdagi yo’l xaritasi barcha YPG tomonidan nazorat ostiga olingan mintaqalarda yo’lga qo’yilishi kerak. Chunki YPG terror tashkilotining Firotning sharqidagi borligi ham Turkiyaning milliy xavfsizligini tahdid ostiga qo’ymoqda. AQSh esa Manbijda yo’lga qo’yilgan yo’l xaritasining Firotning sharqida ham yo’lga qo’yilishiga qarshi chiqishi mumkin. Ayniqsa Suriyaning sharqida YPG tomonidan nazorat qilingan neft konlari jijatidan AQSh bunday senariyni yo’lga qo’yishni xohlamasligi mumkin.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li bilan Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Mike Pompeoning Manbij masalasida kelishib olganligi, o’zaro munosabatlar uchun katta imkon yaratishiga qaramay, yo’l xaritasining yo’lga qo’yilishi va Manbijdan keyingi o’zaro munosabatlar uchun katta sinov bo’lib qoladi.

Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETAning mustaqil tadqiqotchi va yozuvchi Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Manbij

Aloqador xabarlar