Turkiya Sudanning Kordofan viloyatiga oziq-ovqat yordami yetkazib berdi

Turkiya Sudanning Kordofan viloyatida ichki urushdan ziyon ko’rgan 2 ming kishiga ramazon oyi munosabati bilan oziq-ovqat yordami yetkazib berdi.

981611
Turkiya Sudanning Kordofan viloyatiga oziq-ovqat yordami yetkazib berdi

Turkiya Sudanning Kordofan viloyatida ichki urushdan ziyon ko’rgan 2 ming kishiga ramazon oyi munosabati bilan oziq-ovqat yordami yetkazib berdi.

Turk Hamkorlik va koordinatsiya agentligi tomonidan yetkazib berilgan oziq-ovqat yordamining, viloyatning Kadugli qishlog’idagi tarqatish dasturiga, viloyat yetakchilari ham ishtirok etdi.

Kordofan shahar hokimi general Ahmad Mufaddal mazkur dasturda so’zlagan nutqida Turkiyaning hech qachon mazlumlarni yolg’iz qo’ymaganligini qayd etdi.

“Turkiyadagi birodarlarimizga salom yo’llayman” degan Mufaddal oziq-ovqat paketi olgan yordamga muhtoj insonlarning hammasining Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bosh bo’lish bilan birga Turk xalqiga duo qilganliklarini ifoda etdi.  

TIKAning Hartumdagi vakolatxonasi rahbari Jelaleddin Gungeji esa Sudanning bir necha mintaqasida ramazon faoliyatlari olib borganliklarini belgilab o’tgan holda,

“Oziq-ovqat paketlari tarqatib berilar ekan ichki urushdan ziyon ko’rgan ayollar va yosh bolalarga alohida e’tibor berildi. Mintaqaning ehtiyoji nazarda tutilgan holda moy, choy, shakar, tuz, guruch, xurmo, yasmik doni, sovun va boshqa tozalash materiallari o’rin olgan paketlarimiz 2 ming kishiga yetkazib berildi” deya gapirdi.

 

 



Aloqador xabarlar