TQK, Suriyaning Idlib shahrida 10-kuzatuv nuqtasini tashkil etdi

Turk Qurolli kuchlari Suriyaning Idlib shahrida 10-kuzatuv nuqtasini tashkil etdi.

967525
TQK, Suriyaning Idlib shahrida 10-kuzatuv nuqtasini tashkil etdi

Turk Qurolli kuchlari Suriyaning Idlib shahrida 10-kuzatuv nuqtasini tashkil etdi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoq orqali berilgan bayonotda, “Idlibda kuzatuv nuqtasining o’ninchisi bo’lgan № 5 Kuzatuv nuqtasi tashkil etildi” degan ifodalarga o’rin berildi.

Qozog’iston poytaxti Ostonada kafil mamlakat Turkiya, Rossiya va Eron o’rtasida ta’minlangan kelishuv asosida Turk Qurolli kuchlari 2017-yilning 12-oktabri kuni Suriyaning Idlib shahridagi deeskalatsiya zonasidagi o’q uzishni to’xtatish rejimini kuzatish maqsadida, kuzatuv nuqtalari tashkil eta boshlagan edi.

Mazkur kelishuv negizida bosqichma-bosqich Idlibning shimolidan janubi tomon Turk Qurolli kuchlari tomonidan jami 12 ta kuzatuv nuqtasi tashkil etiladi.  



Aloqador xabarlar