Hulusiy Akar amerikalik kasbdoshi Dunford bilan uchrashuv o’tkazdi

Turkiya Respublikasi Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar Amerika Qo’shma Shtatlari Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Joseph Dunford bilan telefon orqali muloqat qildi.

960273

Turkiya Respublikasi Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra mazkur muloqatda mintaqaviy xavfsizlik masalalari va shu doirada ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlik masalalarida fikr almashilgan.

AQSh Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi voizi polkovnik Patrick Ryder ham mazkur muloqat haqida yozma ravishda bergan bayonotida Dunford bilan Akarning o’zaro munosabatlar, Suriya va Yaqin Sharqdagi oxirgi vaziyat haqida gaplashganliklarini qayd etdi.

Ryder shu doirada:

“Mushtarak masalalardan tashqari ikkala lider Suriya va Yaqin Sharqdagi mavjud xavfsizlik masalasini qo’lga oldi. Undan tashqari xalqimizga yo’naltirilgan xavfsizlik tashvishlari borasidagi hamkorlikni kuchaytirish yo’llarini muhokama qildilar” dedi.

Dunfordning kasbdoshi general Hulusiy Akar bilan bir necha marotaba uchrashuv o’tkazganligiga e’tibor qaratgan Ryder, NATOga a’zo bo’lgan bu davlatning oliy darajali qo’mondonlarining o’zaro aloqalarini muntazam ravishda davom ettirganliklarini ta’kidladi.  

Aloqador xabarlar