Turkiya Iroqning Kerkuk shahriga gumanitar yordam yetkazib berdi

Turkiya Iroqning Kerkuk shahriga qarashli Dakuk tumanida yordamga muhtoj ming oila bilan 500 nafar yetim bolaga oziq ovqat va kiyim-kechak tarqatdi.

954541
Turkiya Iroqning Kerkuk shahriga gumanitar yordam yetkazib berdi

Turk Qizil yarim oy jamiyati Iroqning Kerkuk shahriga qarashli Dakuk tumanida yordamga muhtoj ming oila bilan 500 nafar yetim bolaga oziq ovqat va kiyim-kechak tarqatdi.

Turk Qizil yarim oy jamiyatining Iroq hay’ati rahbari Mehmet Murat O’zguven bu haqida,

“Kam ta’minlangan ming oila bilan 500 nafar yetim bolaga kiyim-kechak olib keldik” dedi.

Tarqatilgan oziq-ovqatlarga mahalliy aholi didiga mos moddalarning ham ilova etilganligini yetkazgan O’zguven,

“Kiyim-kechaklar butunlay yosh bolalarga oid oyoq kiyim, ko’ylak, futbolka va sviterlardan iboratdir” deya gapirdi.

O’zguven shuningdek, ro’za oyi uchun ham oziq-ovqat yordamidan tashqari iftor va yetim bolalarga atab alohida faoliyat yuritajaklarini ifoda etdi.

 



Aloqador xabarlar