AQSh kotibligi Suriya rejimiga qarshi hujum to'g'risida Turkiyaga ma'lumot berdi

AQSh kotibligini vakolat bilan boshqarayotgan John Sullivan Turkiya tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Umid Yalchinga qo’ng’iroq qildi.

951689

Suhbatda AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniyaning Suriya rejimiga qarshi aviazarba berganligi to’g’risida ma’lumot berdi.

AQSh kotibligi voizi Heather Nauert bu haqda ma’lum qildi.

“John Sullivan Turkiya tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Umid Yalchin, Quvayt tashqi ishlar vaziri Sabah al-Xolid al-Hamad as-Sabah, Chexiya tashqi ishlar vaziri Martin Stropnicky va Iroq tashqi ishlar vaziri Ibrohim al-Jafariyga Suriya rejimiga qarshi hujum sodir etilganligi to’g’risida ma’lumot berdi”,-deyiladi xabarda.

Aviazarba berilmasdan oldin AQSh prezidenti Donald Tramp ham Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga qo’ng’iroq qilib, ma’lumot bergan edi.

Eslatma: AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniyaga oid havo va dengiz kuchlari kecha oqshom Suriya rejimiga tegishli 105 ob’yektni portlatdi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Suriya , #Heather Nauert

Aloqador xabarlar