Prezident Erdo'g'an, Suriyani kurash maydoniga aylanishidan xavotirda ekanligini bildirdi

Prezident Erdo'g'an, ayrim davlatlarning qastan Suriyani kurash maydoniga aylantirishidan bezovda bo'lganliklarini izohladi.

949997
Prezident Erdo'g'an, Suriyani kurash maydoniga aylanishidan xavotirda ekanligini bildirdi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'an, harbiy kuchiga ishongan ayrim davlatlarning qastan Suriyani kurash maydoniga aylantirishidan bezovda bo'lganliklarini izohladi.

Erdo'g'an, Anqara Kayash poyezd vokzalida tartiblangan Bashkentray ochilish marosimida so'zladi.

Maruzasida Suriya mavzusida kelisha olmagan AQSh va Rossiyani ogohlantirgan Erdo'g'an, "Hech kimning Suriya tuproqlarini harbiy maqsadi uchun yondirish haqi yo'q. Ximyoviy qurol ishlatgan bir rejimni qo'riqlash qanchalik noto'g'ri bo'lsa, terroristlarni qo'riqlash ham shunchalik noto'g'ri" dedi.

Turkiyaning AQSh bilan ittifoqdosh, Rossiya bilan energetika va xavfsizlik sohasida hamkorlik olib borganiga diqat qaratgan Erdo'g'an, bu davlatlar va Eron bilan aloqalarni uzishni istamaganliklarini ifoda etdi.

Erdo'g'an, "Qotil Asadni va PYD-YPGni qo'llab quvvatlaganlar xato qilmoqda. Hududda farovonlik o'rnatgan yagona davlat Turkiyadir. Bizdan tashqari  har tomonda zulm va huzursizlik bor. Suriyani qayta qurishga, ulaning yuragida joy olish uchun bordik va bunga muvafaq bo'lguncha u yerda bo'lamiz" deb so'zladi.

Shanba kuni Suriyaning Duma hududida sodir etilgani ilgari surilgan va 80 kishining hayotiga zomin bo'lgan ximyoviy qurol hujumiga to'xtalib o'tgan Erdo'g'an, "Suriyadagi o'zgarishlar dunyo bo'ylab bir inqirozga sabab bo'lgandir. Suriya rejiminning qora o'tmishi bor. Suriyani bir kurash maydoniga aylanishidan xavotirdamiz. Kecha AQSh prezidenti Donlad Trump bilan ko'rishdim, bugun Rossiya prezidenti VladimirPutin bilan ko'rishaman. Birga ximyoviy qatliomni qanday to'xtatish yo'llarini muhokama qilamiz. Hech kimning O'rtayer dengizi va Suriya turoqlarini yoqishga haqi yo'q deb so'zladi.



Aloqador xabarlar