Anqarada, Turkiya-Rossiya-Eron o’rtasida Suriya bo’yicha sammit bo’lib o’tdi

Poytaxt Anqarada Suriya masalasiga bag’ishlangan Turkiya-Rossiya-Eron o’rtasida sammit bo’lib o’tdi.

944625
Anqarada, Turkiya-Rossiya-Eron o’rtasida Suriya bo’yicha sammit bo’lib o’tdi
zirve 1.jpg

Poytaxt Anqarada Suriya masalasiga bag’ishlangan Turkiya-Rossiya-Eron o’rtasida sammit bo’lib o’tdi.

Sammit Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an mezbonligida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy ishtirokida matbuotga yopiq ravishda o’tkazildi.

Erdogan, Putin va Ruhoniy tomonidan uyushtirilgan matbuot anjumanida,

“Bugun muammoni hal qilish uchun kelajakda amalga oshiriladigan faoliyatlarimizni belgilab oldik. Buning uchun muzokaralar o’tkazdik” dedi.

Suriyadagi taranglikni kamaytirish bo’yicha Turkiyaning kerakli vazifalarini bajarganligini ta’kidlagan Erdog’an, Idlibdagi 8-nazorat qilish nuqtasi bilan bu masaladagi qarorlilikga e’tibor qaratdi.  

Erdog’an Suriyadagi hududiy yaxlitlikning himoya qilinishi uchun barcha terror tashkilotiga qarshi bir hil muomalada bo’linishi kerakligini qayd etar ekan, buning butun dunyo tomonidan e’tiborga olinishi shartligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Prezident Erdog’an DEASh terror tashkilotiga qarshi dunyoda eng samarali kurash olib borgan davlatning Turkiya ekanligini ham eslatar ekan, “Zaytun novdasi” amaliyoti orqali YPG/ PYD terror tashkilotiga qarshi ham huddi shunday kurash olib borilganligini ifoda etdi.

Prezident Erdog’an,

“Biz faqatgina taranglikni kamaytirish bilan cheklanib qolganimiz yo’q, ayni vaqtda nazorat ostiga olingan hududlarda mintaqa egalari, suriyalik qardoshlarimiz uchun yashash shart-sharoiti ham yaratmoqdamiz” dedi.

Manbij bosh bo’lish bilan birga PYD/ YPG terror tashkiloti nazorati ostidagi hudularni ham xavfsiz hududga aylantirajaklarini qayd etgan Prezident Erdog’an,

“Tel Rifat uchun Rossiya va eronlik do’stlarimiz bilan birgalikda mushtarak faoliyat olib borishga ham tayyormiz” deya gapirdi.

Erdog’an Suriyaning hududiy yaxlitligini ta’minlanish, to’qnashuvlarning oldini olish va takror insho etish masalasida hamfikr ekanliklarini belgilab o’tgan holda,

“Kafil mamlakatlar sifatida tuzoqlarga qaramay biz kelishib olgan masalalar ustidan qarorli ravishda yo’l olishni davom etamiz. Xalqaro hamjamiyatni, Suriyadagi muammoni siyosiy yo’lllar orqali hal qilishga yordam berishga chaqiramiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy ham Suriyada tinchlikning o’rnashi uchun Turkiya, Eron va Rossiyaning muhim rol o’ynaganligini eslatgan holda, bugungi kunda Suriya xalqining tinchlikdan yana-da umidvor ekanligini qayd etdi.

Eronning Suriya muammosini har doim siyosiy yo’llar orqali hal qilinishini qo’llab-quvvatlab kelganligini ifoda etgan Ruhoniy,

“Suriyada tinchlik o’rnatish maqsadida muammoni hal qilish yo’llarini birgalikda kuzatishimiz darkor. Biz ayniqsa, Suriyaning hududiy yaxlitligi va milliy mustaqilligini butun dunyo tomonidan e’tiborga olinishi kerakligini xohlaymiz. Dunyoning hech qaysi davlati Suriyaning kelajagi haqida qaror berish huquqiga ega emasdir. Suriyaning saylovlariyu konstitutsiyalarini suriyaliklarning o’zi tayyorlaydi” deya gapirdi.

Muhojirlarni qo’llab-quvvatlashni insoniy va diniy vazifa ekanligini ta’kidlab o’tgan Hasan Ruhoniy, Turkiya bosh bo’lish bilan birga suriyalik muhojirlarni qo’llab-quvvatlagan dunyoning barcha davlatiga minnatdorchilik bildirdi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin ham Turkiya, Rossiya va Eron tomonidan qabul qilingan mushtarak qarorning Suriyaning mustaqilligi va hududiy yaxlitligining ta’minlanishi haqida ekanligini qayd etdi.

Kafil mamlakat sifatida Turkiya-Rossiya-Eron hamkorligi yordamida Suriyadagi to’qnashuvning jiddiy ravishda kamayganligini yetkazgan Putin, DEASh terror tashkilotining eng asosiy kuchlarining mag’lubiyatga uchratilganligini, boshqa terror tashkilotining harbiy kuchlarining ham ziyon ko’rganligini belgilab o’tdi.

“Putin,

“Maqsadimiz terrorizmni butunlay yo’q qilishdir” dedi.

Suriya muammosin hal qilish uchun Turkiya, Eron va Rossiyadan boshqa dunyoning hech qaysi davlatining kurash olib bormaganligini eslatgan Vladimir Putin,

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti yordam beryapdi lekin bu yetarli emas. Mutlaqo Suriyaning tinchligi uchun hamma o’z hissasini qo’shishi kerak” degan ifodalarga o’rin berdi.

Prezident Erdog’anning Suriyaga gumanitar yordam yetkazib berilishini taklif qilganligini eslatgan Putin, bu taklifning o’rinli ekanligini ta’kidladi.   

Vladimir Putin Turkiyaning muhijrlar masalasida buyuk vazifani o’z bo’yniga olganligini belgilab o’tgan holda, ayniqsa gumanitar yordam masalasida kerakli faoliyatlarning amalga oshirilisihi shartligini qayd etdi.



Aloqador xabarlar