Ankarada Turkiya-Rossiya-Eron uch tomonlama uchrashuvi boshlandi

Prezidentlik saroyida bo’lib o’tayotgan uchrashuvga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ishtirok etmoqda.

944374
Ankarada Turkiya-Rossiya-Eron uch tomonlama uchrashuvi boshlandi

Poytaxt Ankarada Suriya masalasiga bag’ishlangan Turkiya-Rossiya-Eron uch tomonlama uchrashuvi boshlandi.

Prezidentlik saroyida bo’lib o’tayotgan uchrashuvga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ishtirok etmoqda.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, kecha uch davlatning oliy darajali mulozimlari to’planib, uch tomonlama uchrashuv yakunida e’lon qilinishi rejalangan mushtarak dekloratsiya ustida bosh qotirgan edilar.

Dekloratsiyada Suriyada amaldagi sulh bitimini davom ettirish, Suriyaning xududiy yaxlitligini saqlab qolish va Suriyadagi sulh bitimi qoidalarini buzish holatlariga chek qo’yish kabi xususlarda hamfirklik qayd etilishi kutilmoqda.

Bu jarayonda yana qanday qadamlar tashlanishi bo’yicha ishtirokchi davlatlar tomonidan kiritiladigan takliflar bugun Turkiya, Rossiya va Eron tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi yig’ilishda muhokama qilindi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Eron tashqi ishlar vaziri Jevad Zarif bugun nonushta paytida ushbu takliflar bo’yicha fikr almashdi.

Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida qarorlashtiriladigan dekloratsiya uch davlat yetakchilari tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, uch tomonlama uchrashuv doirasida Erdo’g’an va Ruhoniy o’rtasida o’zaro uchrashuv o’tkazilishi rejalangan.

Mazkur uchrashuvda Turkiya-Eron munosabatlari, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar bo’yicha fikr almashiladi.

Turkiya-Rossiya-Eron uch tomonlama uchrashuvga mezbonlik qilayotgan Erdo’g’an rasmiy ziyofatdan so’ng, Ruhoniy va Putin bilan mushtarak matbuot anjumani o’tkazadi.

Eslatma: Suriyaga bag’ishlangan uch tomonlama uchrashuv o’tgan yili 22 noyabrda Rossiya Sochi shahrida bo’lib o’tgandi. Mazkur uchrashuvga Erdo’g’an, Putin va Ruhoniy ishtirok etgandi.

Prezidentlik saroyida bo’lib o’tayotgan uch tomonlama uchrashuv doirasida yetakchilar o’zaro uchrashuvlarni amalga oshirdilar.

Dastlab, Erdo’g’an va Ruhoniy uchrashdi, so’ngra Ruhoniy bilan Putin o’rtasida o’zaro uchrashuv bo’lib o’tdi.

Ushbu o’zaro uchrashuvlar matbuotga yopiq ravishda amalga oshirildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar