Hakan Chavushog’li xristian olamini muqaddas Pasxa bayrami bilan tabrikladi

Chavushog’li o’z tabrigida “Bu zaminda asrlar mobaynida tinch-totuv, qardoshlik ruhida yashab kelayotgan barcha xristian jamiyatini muqaddas Pasxa bayrami bilan tabriklayman. Do’stligimiz abadiy bo’lsin!”,-dedi.

941899
Hakan Chavushog’li xristian olamini muqaddas Pasxa bayrami bilan tabrikladi

Turkiya bosh vazir o’rinbosari Hakan Chavushog’li xristian olamini muqaddas Pasxa bayrami bilan tabrikladi.

“Turkiya turli din va madaniyatlarning sevgi, xurmat-ehtirom va qardoshlik ruhida tinch-totuv yashashiga zamin yaratgan davlat sifatida dunyoga o’rnakdir”,-dedi Hakan Chavushog’li.

Chavushog’li o’z tabrigida “Bu zaminda asrlar mobaynida tinch-totuv, qardoshlik ruhida yashab kelayotgan barcha xristian jamiyatini muqaddas Pasxa bayrami bilan tabriklayman. Do’stligimiz abadiy bo’lsin!”,-dedi.

Dinlararo birdamlikka e’tibor qaratgan Hakan Chavushog’li: “Din, til va millat ajratmasdan insoniyatga hayir olib kelgan barcha qadriyatlar atrofida to’planib, do’stlik va qardoshligimizga qasd qilganlarga qarshi birgalikda kurash olib borishimiz kerak”,-dedi.

Ma’lumki, Iso Masihning qayta tirilishiga bagʻishlangan muqaddas Pasxa bayrami xristianlarning eng ulugʻ bayramidir.

Ushbu bayram bahorda ya’ni, 4 aprel bilan 8 may kunlari orasida nishonlanadi. Shu munosabat bilan dunyoning turli mamlakatlarida katolik, arman va protestant cherkovlarida Pasxa bayrami nishonlanmoqda.

 



 



Aloqador xabarlar