Turkiya mudofaa vaziri Nurettin Janikli Ozarbayjon mudofaa vaziri Zokir Hasanov bilan uchrashdi

Bo’lib o’tgan muzokaralarda ikki mamlakat o’rtasida harbiy va mudofaa sohasi bo’yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

940127
Turkiya mudofaa vaziri Nurettin Janikli Ozarbayjon mudofaa vaziri Zokir Hasanov bilan uchrashdi

Turkiya milliy mudofaa vaziri Nurettin Janikli Ozarbayjon mudofaa vaziri Zokir Hasanov bilan uchrashdi.

O’zaro uchrashuvdan so’ng Ankaradagi mudofaa vazirligi qarorgohida Ozarbayjondan kelgan delegatsiya ishtirokida muzokara bo’lib o’tdi.

Matbuotga yopiq shaklda bo’lib o’tgan muzokaralarda ikki mamlakat o’rtasida harbiy va mudofaa sohasi bo’yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, shu yilning 31 mart shanba kuni Turkiyaning Giresun shahrida Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya mudofaa vazirlari o’rtasida uch tomonlama yig’ilish bo’lib o’tadi.

Yig’ilishga Turkiya milliy mudofaa vaziri Nurettin Janikli, Ozarbayjon mudofaa vaziri Zokir Hasanov va Gruziya mudofaa vaziri Levan Izoria qatnashadi.

Yig’ilish yakunida uch mamlakat o’rtasida mudofaa sohasida hamkorlik bitimi imzolanishi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar