Yildirim va Chavusho’g’li rus xalqi va davlatiga ta’ziya izhor etdi

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim va Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li rus xalqi va davlatiga ta’ziya izhor etdi.

937438
Yildirim va Chavusho’g’li rus xalqi va davlatiga ta’ziya izhor etdi

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim va Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li rus xalqi va davlatiga ta’ziya izhor etdi.

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim shu doirada rossiyalik kasbdoshi Dmitriy Medvedovga ta’ziya izhor etdi.

Bosh vazir Yildirim bu haqida,

“Rossiyaning Kemerovo shahridagi bir savdo markazida kecha yuz bergan yong’in oqibatida bolalar doxil ko’plab kishining jon berganligi va tan jarohati olganligi haqidagi xabarni eshitib, chuqur qayg’uga tushdim. Bu dahshatli falokatda jon berganlarning yaqinlariga sabr va bardoshlik, shaxsingiz va do’st rus xalqi va hukumatingizga, millatim, hukumatim va shaxsim nomidan ta’ziya izhor etaman” degan fiodalarga o’rin berdi.   

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li esa, Rossiyaning Kemerovo shahrida o’rin olgan “Zimnyaya vishnya” deb nomlangan savdo markazida kecha, tush vaqtida yuz bergan yong’in oqibatida jon berganlar uchun rus xalqiga ta’ziya izhor etdi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li shu haqida o’zining Twitter hisobi orqali bergan bayonotida eng avvalo, Rossiyaning Kemerovo shahrida yuz bergan yong’in falokatining ko’pchilikning umriga zomin bo’lishidan tashvishda ekankigini yetkazdi.   

Ortidan esa,

“Rus xalqiga va davlatiga chuqur ta’ziya izhor etib, yong’inda yaqinlaridan ayrilib qolganlarga sabr tilayman” degan ifodalarga o’rin berdi.

Aytib o’tish joizki Rossiyaning Kemerovo shahar markazida o’rin olgan “Zimnyaya vishnya” deb nomlangan savdo markazining eng yuqori qavatida kecha, tush vaqtida yong’in falokati yuz berdi va oqibati 52 kishining umriga zomin bo’ldi.

 



Aloqador xabarlar