Prezident Erdog'an, Turkiya-Yevropa ittifoqi sammitini baholadi

Prezident Erdog’an Bolgariyaga bo’lgan tashrifidan oldin Istanbuldagi “Ataturk” nomidagi aeroportda bayonotlar berdi.

937884
Prezident Erdog'an, Turkiya-Yevropa ittifoqi sammitini baholadi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiyaning Yevropa ittifoqiga to’laqonli a’zo bo’lish haqidagi strategik maqsadining davom etganligini qayd etdi.

Prezident Erdog’an Bolgariyaga bo’lgan tashrifidan oldin Istanbuldagi “Ataturk” nomidagi aeroportda bayonotlar berdi.

Shu doirada Bolgariyaning Varna shahrida bo’lib o’tadigan Turkiya-YI sammitini baholagan Erdog’an Turkiyaning, Yevropa ittifoqiga to’laqonli a’zo bo’lish haqidagi strategik maqsadining davom etganligini qayd etdi. Shuningdek Erdog’an, niyati va g’oyasi ma’lum bo’lgan ba’zi muhitning Turkiyaning Yevropa ittifoqi tarkibida hurmatga sazovor o’rni bo’lishiga monelik qilishlariga aslo ruxsat berilmasligi qayd etdi.    

Erdog’an Turkiyaning mintaqadagi va dunyodagi o’rniga va kuchiga loyiq ravishda YI bilan kerakli muzokaralarni davom ettirajagini ta’kidladi.

Prezident Erdog’an ortidan,

“Varna sammitining ham Yevropa ittifoqi, ham da mintaqaviy masalalarning hal qilinishiga ijobiy hissa qo’shishini tilab qolaman” degan ifodalarga o’rin berdi.

Bugungi sammitda oldindan kelishib olingan masalalarning ham qo’lga olinajagini belgilanb o’tgan Erdog’an,

“Mintaqaviy va xavfsizlik masalalariga qo’shimcha sifatida mamlakatimizning muzokara jarayonida duch kelgan siyosiy va sunniy moneliklarning bekor qilinishi, ishtirok etish jarayonimizning takror faollashtirilishi haqidagi rejalarimizni YI liderlariga takror yetkazamiz.” dedi.

Turkiya-Yevropa ittifoqi sammiti Yevropa ittifoqi kengashining bu yilgi rahbari, Bolgariya Bosh vaziri Boyko Borisovning mezbonligida bugun Bolgariyaning Varna shahrida Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Yevropa ittifoqi kengashi raisi Donald Tusk va Yevropa ittifoqi Komissiyasi raisi Jean-Claude Juncker yetakchiligida o’tkaziladi.

Mahalliy vaqt bilan 19:00 da Borisovning mehmonlarini kutib olish marosimi bilan boshlaydigan va kamida 2 soat davom etishi rejalashtirilgan sammit ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtiriladi.

Prezident Erdog'an hozirda Bolgariyaga yetib borid va u yerda Bolgariya Bosh vaziri Boyko Borisov tomonidan kutib olindi. 

 

 

 



Aloqador xabarlar