Prezident Erdo’g’an, Afrindan keyin Idlib va Menbichda operatsiya uyushtirishni ishora qildi.

Prezident Rajaba Tayyib Erdo’g’an, Afrindan keyin Idlib va Menbichda   operatsiya uyushtirishni ishora qildi.

936329
Prezident  Erdo’g’an, Afrindan keyin Idlib va Menbichda operatsiya uyushtirishni ishora qildi.

Prezident Rajaba Tayyib Erdo’g’an, Afrindan keyin Idlib va Menbichda   operatsiya uyushtirishni ishora qildi.

Istanbulda yurtdoshlarga xitob qilgan Erdo’g’an, Turk qurolli kuchlari Suriyaning Afrin hududida bo’lginchi terror tashkiloti PKK/ KJK/ PYD- YPG va DEASh a’zolarini bartaraf qilish, do’st va birodar mintaqa xalqini bosim va zulmdan qutqarish uchun 20- yanvarda boshlatgan Zaytun novdasi harbiy operatsiya borasida to’xtadi.

Harakatda hozirgacha bartaraf qilingan terrorist soni 3 ming 700 nafarni oshdi deb ma’lum qilgan Erdo’g’an, Afrindan so’ngra Idlib va Menbichga ham operatsiya uyushtiriladi dedi.

Erdo’g’an, kecha oqshom AQSh Prezidenti Tramp bilan telefon orqali bu masalani ham muhokama qilganlarini aytdi.

“ Aytgan edik, “ biz bu yerlardan orqaga qadam tashlamaymiz.  Biz mazlumlarning, jabr ko’rganlarning  himoyachisimiz.. Bu millat tarixda mazlumlar jabr ko’rganlar himoya qilishga qadam tashlagan” dedik. Ikki kun oldin Rossiya prezidenti janob Vladimir Putin bilan uchrashdik. Hech bir vaqt zolimdan tarafdor bo’lmadik” deb qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar