Afrin tumanida yana 4 qishloq terroristlardan ozod qilindi

Afrinning Baay, Kafer Nabu, Bashufah va Burj Haydar qishloqlari terroristlardan butkul tozalandi.

935952
Afrin tumanida yana 4 qishloq terroristlardan ozod qilindi

Afrin tumanida yana 4 qishloq terroristlardan ozod qilindi.

Afrinning Baay, Kafer Nabu, Bashufah va Burj Haydar qishloqlari terroristlardan butkul tozalandi.

Ma’lumki, Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrin tumanida terror tashkiloti PKK, PYD, YPG va DAISh jangarilarini yo’q qilish, do’st va qardosh mintaqa xalqini zulmdan qutqarish maqsadida 20 yanvar kuni “Zaytun novdasi” harbiy amaliyotini boshlatgan edi.

Turkiya qurolli kuchlari va Suriya ozodlik armiyasi Afrin tuman markazida terroristlarga qarshi operatsiya doirasida, Baay, Kafer Nabu, Bashufah va Burj Haydar qishloqlarini terroristlardan qutqardi.

Turkiya qurolli kuchlari va Suriya ozodlik armiyasi “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti doirasida 18 mart kuni Afrin tumanini terroristlardan ozod qilgandi.

Afrin tumani Raju, Bulbul, Shayh Hadid, Jinderes, Sheran va Mabatli kabi jami 6 hududdan tashkil topgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afrin , #Turkiya qurolli kuchlari , #Suriya

Aloqador xabarlar