Turkiya Afg’onistonga hamdardlik bildirdi

Turkiya Afg’onistonning poytaxti Kobulda Navro’z bayrami munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda terrorchilik harakati sodir etilganligini qoraladi.

935275
Turkiya Afg’onistonga hamdardlik bildirdi

Turkiya Afg’onistonning poytaxti Kobulda Navro’z bayrami munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda terrorchilik harakati sodir etilganligini qoraladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Kecha Kobulda 21 mart Navro’z bayrami munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda ro’y bergan terrorchilik harakati bizni chuqur qayg’uga soldi. Hujum oqibatida ko’plab begunoh insonlar halok bo’lganligi va yaradorlarning borligidan iztirobdamiz. Ushbu xoin terror hujumini qoralaymiz. Halok bo’lganlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin. Do’st Afg’oniston hukumati va qardosh afg’on xalqiga chuqur ta’ziya bildiramiz. Yaradorlarning tezda sog’ayib ketishini tilab qolamiz”,-deyiladi bayonotda.

Eslatma: Kecha Afg’onistonda xudkush terrorist Kobul universiteti yaqinida o’tkazilayotgan Navro’z bayrami shodiyonalari paytida olomon ichida o’zini portlatdi.

Portlashda 26 kishi halok bo’lgan, 18 kishi yaralandi.



Aloqador xabarlar