Turkiyaga noqonuniy yo’llar bilan kelgan afg’onistonlik 37 muhojir qo’lga olindi

Muhojirlarni olib ketayotgan transport haydovchisi qo’lga olindi. Tegishli idoralarga topshirilgan muhojirlar esa so’roq qilinmoqda.

927479
Turkiyaga noqonuniy yo’llar bilan kelgan afg’onistonlik 37 muhojir qo’lga olindi

Turkiyaning Van viloyatida noqonuniy yo’llar bilan Turkiyaga kelgan 37 muhojir qo’lga olindi.

Shahar jandarm qo’mondonligi boshqarmasi ma’lum qilishicha, Tushba tumani Sog’lomtosh mahallasi hududida yo’l chetida to’xtab turgan shubhali mikroavtobusda tekshiruv o’tkazildi.

Mikroavtobusda noqonuniy yo’llar bilan Turkiyaga kirib kelgan afg’onistonlik 37 muhojirning borligi aniqlandi.

Transport haydovchisi qo’lga olindi.

Tegishli idoralarga topshirilgan muhojirlar so’roq qilinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Van , #Afg'oniston , #muhojirlar , #noqonuniy

Aloqador xabarlar