Prezident Erdog’an bilan Vladimir Putin Suriyadagi oxirgi vaziyatni qo’lga oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqat qilar ekan unda ikkala lider Suriyadagi oxirgi vaziyatni qo’lga oldilar.

924424
Prezident Erdog’an bilan Vladimir Putin Suriyadagi oxirgi vaziyatni qo’lga oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqat qildi. 

Prezidentlik apparatidan olingan ma’lumotga ko’ra muloqat chog’ida Sharqiy Gutadagi insoniy fojia bosh bo’lish bilan birga Suriyadagi oxirgi vaziyat qo’lga olingan.

Shu doirada Prezident Erdog’an bilan Vladimir Putin Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining Sharqiy Gutadagi o’q uzishlarni to’xtatishga qaratilgan 2401 sonli qarorining to’laqonli kuchga kirishi uchun Turkiya, Rossiya va Eronning birgalikda faoliyat olib borishining qanchalik muhim ekanligini ta’kidlaganlar.

Muloqat chog’ida shuningdek, Sharqiy Guta xalqiga gumanitar yordam yetkazib berish va yuz bergan insoniy fojiani tezlik bilan hal qilishning ahamiyati ham ifoda etilgan.

Prezident Erdog’an Vladimir Putin bilan Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti haqida ham fikr almashar ekan ikkala lider Turkiya, Rossiya va Eron o’rtasida kelasi oyda Istanbulda bo’lib o’tadigan liderlar sammiti masalasini ham qo’lga olgan.

 

 



Aloqador xabarlar