Bozdag’, BMTXKning Suriya haqidagi qarorining Afrin bilan aloqasi yo’qligini qayd etdi

TBMMda, OAV vakillariga bayonot bergan Bekir Bozdag’, BMTXK tomonidan o’tgan haftaning shanba kuni Suriya haqida qabul qilingan va 30 kunni o'z ichiga olgan "o’q uzishni to’xtatish” borasidagi qarorini baholadi.

920958
Bozdag’, BMTXKning Suriya haqidagi qarorining Afrin bilan aloqasi yo’qligini qayd etdi

Bosh vazir o’rinbosari va hukumat voizi Bekir Bozdag’ Suriya uchun qabul qilingan o’q uzishni to’xtatish haqidagi qarorning Afrin bilan aloqasi yo’qligini ma’lum qildi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisida ommaviy axborot vositasi vakillariga bayonot bergan Bekir Bozdag’, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi tomonidan o’tgan haftaning shanba kuni Suriya haqida qabul qilingan va 30 kunni o'z ichiga olgan "o’q uzishni to’xtatish” qarorini baholadi.

“Qarorda Sharqiy Guta va boshqa ba’zi turar-joy mintaqa nomlari mavjud lekin Afrin yo’q” degan Bozdag’,

PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD va DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashning mazkur qaror bilan aloqasi yo’qligini, Turkiyaning ham Afrinda, faqatgina terroristlarga qarshi kurash olib borayotganligini qayd etdi.

Bozdag’ shuningdek,

“Terror tashkilotining hammasi terror tashkilotidir. AQSh tomonidan tan olinmagan terror tashkilotiga qarshi kurash olib borilmaydi degan fikrga qo’shilmaymiz. O’q uzishni to’xtatish haqida qaror qabul qilingan mintaqalar ro’yhatida Afrin yo’q” degan ifodalarga o’rin berdi.

“Zaytun novdasi” amaliyoti olib borilayotgan mintaqaga gumanitar yordam yetkazib berish masalasida hech qanday muammoning yo’qligini ta’kidlagan Bekir Bozdag’,

“Amaliyot chog’ida tinch aholidan biron bir kishi ham ziyon ko’rmagan. Tinch aholida biron bir kishining ham burni qonamagan. Bu (o’q uzishni to’xtatish) qaror Turkiyaning “Zaytun novdasi” amaliyotiga o’z ta’sirini ko’rsatmaydi. Bu qaror, “Zaytun novdasi” amaliyotini o’z ichiga olmaydı” dedi.

 

 



Aloqador xabarlar