“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 2083 terrorist yo’q qilindi

TQK tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti boshlaganidan beri roppa-rosa 2083 terrorist yo’q qilindi. Bu haqida Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan bayonot berildi.

919139
“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 2083 terrorist yo’q qilindi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyotida yo’q qilingan terroristlar soni 2083 nafarga yetdi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda, “Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida quriqlikdan va havodan uyushtirilgan amaliyotlar natijasida PKK/KJK/PYD-YPG va DEASh terror tashkiloti a’zolaridan yana 24 terroristning yo’q qilinganligi ma’lum qilindi.

Bayonotda shuningdek amaliyot boshlagan 20-yanvardan beri yo’q qilingan terroristlar sonining 2083 nafarga yetganligi ham ilova etildi.

Aytib o’tish joizki hududlarda va mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, Suriyaning shimolidagi Afrin mintaqasidagi yuqorida nomi tilga olingan terror tashkiloti a’zolarini yo’q qilish, do’st  va qardosh mintaqa xalqini terroristlarning tazyik va zulmidan qutqarish maqsadida 20-yanvarda Turk Qurolli kuchlari tomonidan boshlatilgan amaliyoti davom etmoqda.



Aloqador xabarlar