“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 1 715 terrorist yo’q qilindi

TQK tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti boshlaganidan beri roppa-rosa 1 715 terrorist yo’q qilindi. Bu haqida Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan bayonot berildi.

914374
“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 1 715 terrorist yo’q qilindi

Turq Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti boshlaganidan beri roppa-rosa 1 715 terrorist yo’q qilindi.

Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra 20-yanvar kuni boshlagan “Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida YPG/ PKK-DEASh terror tashkilotini yo’q qilish uchun quriqlikdan va havodan hujum uyushtirilgan.

Shu doirada oxirgi hujumlar bilan birga amaliyot boshlaganidan beri yo’q qilingan terroristlar soni 1 715 nafarga yetdi.

TQK va ESA Afrinning Dayr Savvan qishlog’ini PYD/ YPG terror tashkilotidan qutqarib, Turkiyaning Kilis viloyati ro’parasiga to’g’ri kelgan hatto terroristlarning Turkiya chegarasi bilan bo’lgan aloqasini uzdi.  

Aytib o’tish joizki bugun ertalabdan beri Afrinning shimolidagi Jinderes shaharchasiga qarashli Mervane va Heygeje qishlog’i bilan Kalki mahallasi, Afrinning shimolidagi Bulbul shaharchasiga qarashli Akanli, Hayyam, Surain, Charkanli qishloqlari,  Sheran shaharchasiga qarashli Zeytinak va Arpaviran qishloqlari bilan Jemiliyye mahallasi ham terroristlardan qutqarildi.

TQK amaliyotini qo’llab-quvvatlagan ESA, “Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri YPG/ PKK-DEASh terror tashkiloti tomonidan bosib olingan Afrinning 5 shaharchasida 1 ta shaharcha markazi, 61 ta qishloq, 6 ta mahalla va 20 ta strategik tog’ yoki tepalik, 1 ta YPG/ PKK terror tashkilotiga oid baza bo’lish bilan birga roppa-rosa 87 ta nuqtani tashkilotdan qutqargan bo’ldi. 

Shu bilan birga “Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida Turkiyaning Hatay viloyatining Reyhanli, Kirikhan va Hassa tumanlari ro’parasidagi terror mavzelari, gaubitsa to’plari bilan o’qqa tutildi.

Haydovchisiz havo vositalarining ham chegara liniyasida uchganligi kuzatildi.

Mintaqadan qattiq to’qnashuv ovozlari eshitildi.

Undan tashqari mintaqaga yordam berish maqsadida yuborilgan ko’plab harbiy vositalarning ham chegara qo’shinlari tomon ilgarilaganligi kuzatildi.

 



Aloqador xabarlar