Prezident Erdog’an Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqat qildi

Ikkala lider Afrin va Idlib bosh bo’lish bilan birga Suriyadagi oxirgi vaziyat haqida fikr almashdi.

913835
Prezident Erdog’an Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqat qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an eronlik kasbdoshi Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqat qildi.

Ikkala lider Afrin va Idlib bosh bo’lish bilan birga Suriyadagi oxirgi vaziyat haqida fikr almashdi.

Erdog’an bilan Ruhoniy terrorizmga qarshi kurashdagi hamkorlikning ahamiyatiga ham to’xtaldi.

Prezidentlik apparatidan olingan ma’lumotga ko’ra Prezident Erdog’anning Turk Qurolli kuchlari tomonidan Afrin mintaqasida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti haqida fikr almashilgan uchrashuvda ikkala lider, Suriya muammosini hal qilishga qaratilgan say-harakatlar doirasida Ostona jarayoni va Sochi kongressiga ham to’xtaldi.

Prezident Erdog’an mazkur uchrashuv orqali kecha Eronda qulagan yo’lovchi uchog’ida jon berganlar uchun Ruhoniyga, barcha Eron xalqiga ta’ziya izhor etdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Hasan Ruhoniy bilan bo’lgan muloqatidan oldin Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan ham telefon orqali gaplashib, Suriyadagi vaziyatni qo’lga olgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdog'an , #Hasan Ruhoniy , #Suriya

Aloqador xabarlar