“Al-Quds-2018 Islom dunyosi yoshlik poytaxti”...

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an “Al-Quds-2018 Islom dunyosi yoshlik poytaxti” dasturiga sharafli rahbar etib tayinlandi.

906301
“Al-Quds-2018 Islom dunyosi yoshlik poytaxti”...

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an “Al-Quds-2018 Islom dunyosi yoshlik poytaxti”ning sharafli rahbari etib tayinlandi.

Islom konferensiyasi muloqot va hamkorlik yoshlik forumi ma’lum qilishicha, Islom hamkorlik tashkilotiga qarashli Islom konferensiyasi muloqot va hamkorlik yoshlik forumi bilan Falastin yoshlik sport vazirligi hamkorligida tashkil qilingan “Al-Quds-2018 Islom dunyosi yoshlik poytaxti” konferensiyaning ochilishi Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos mezbonligida bo’lib o’tdi.

Ochilish marosimida so’zga chiqqan Mahmud Abbos mana shunday muhim loyihani hayotda tadbiq etishda mehnati singan Turkiyaga va prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anga minnatdorlik bildirdi.

Bu loyiha Falastin yoshlari uchun muhim ekanligini tilga olgan Abbos: “Al-Quds masalasi musulmon dunyosini birlashtiradi. Ayni paytda Masjid Al-Aqso Islom hamkorlik tashkilotining tuzilishida asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Avvalo arab qardoshlarimizni, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarni hamkorlikdagi faoliyatlarimizga hissa qo’shishga chaqiramiz”,-dedi.

Tadbirda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an “Al-Quds-2018 Islom dunyosi yoshlik poytaxti” dasturiga sharafli rahbar etib tayinlandi.

2016 yilda Istanbul shahri “Islom dunyosi yoshlik poytaxti” deb tanlangan edi.

2017 yilda esa Malayziyaning Putrajaya shahri “Islom dunyosi yoshlik poytaxti” deb tanlandi.

Bu yil Al-Quds shahri “Islom dunyosi yoshlik poytaxti” deb e’lon qilindi.

 

 

 



Aloqador xabarlar