Turkiya Gollandiya bilan munosabatlarni yaxshilashga tayyor...

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Aksoy ma’lum qildi.

904424
Turkiya Gollandiya bilan munosabatlarni yaxshilashga tayyor...

Turkiya Gollandiya bilan munosabatlarni qayta ko’zdan kechirishga tayyor.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Aksoy ma’lum qildi.

Ma’lumki, Gollandiya kuni kecha Turkiyadagi favqulodda va muhtor elchisini qayta chaqirib olganligini ma’lum qilgandi.

Aslida vaziyat unday emas.

2017 yilda ro’ bergan inqirozdan so’ng Gollandiya Turkiyadagi elchisini qayta yubormadi.

“Bu jarayonda Gollandiya hukumatida ijobiy qadam tashlashga xohish bo’lsa, Turkiya ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni qayta ko’zdan kechirishga tayyor”,-dedi tashqi ishlar vazirligi kotibi.

Hami Aksoy kecha Gollandiya tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga o’z munosabatini bildirar ekan, 2017 yilning mart oyida yuzaga kelgan inqirozdan so’ng, Turkiya hukumati Turkiya-Gollandiya munosabatlarini yaxshilashdan umidvorligini tilga oldi.

“Inqirozdan keyin Gollandiyaning Turkiyadagi elchisi qaytib kelmadi. Agar Gollandiya ijobiy qadam tashlasa, Turkiya ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni yaxshilashga tayyor”,-dedi Hami Aksoy.

 



Aloqador xabarlar